Islom dini va hadislarning inson ma'naviy kamolotining tarkib topishidagi o'rni Reja: Islom dinida ma'naviy-axloqiy tarbiya. Quroni Karimda inson kamoloti masalalari. Hadis va hadis turlari. Hadisi Sharifda odob-axloq namunalari. Muhaddis (hadis to'plovchi)lar faoliyati haqida. Tasavvuf va tasavvuf ta'limotida inson kamoloti masalalari. Tayanch so'z va iboralar: Din, islom, Quroni karim, Hadisi sharif, payg'ambar (sav), muhaddis, sahih, sunna, odob, axloq, tarbiya, kamolot, tasavvuf, tariqat, so'fiy, shariat, poklik, halollik, sahiylik, haqiqat, adolat. 1. Islom dinida ma'naviy-axloqiy tarbiya Din nima? Din tushunchasiga juda ko'p va turlicha ta'rif berilgan. Jumladan, «Islom» ensiklopediyasida: Din (arab.) - mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo'ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo'l tutish, odat qilish, e'tiqod qili shva b. Dinda bandaning ollohga bo'ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, olloh ko'rsatgan yo'lni tutishi, malum ishlarni odat va e'tiqod qilish kabi manolar bor. Musulmon ulamolar dinni «Sog'lom aql egalarini ularni o'z ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga eltuvchi ilohiy ko'rsatmalar», deb ta'riflaganlar. A.Abdurahmonovning «Saodatga eltuvchi bilim» kitobida din haqida quyidagi ta'riflar keltirilgan: Din -arabcha so'z bo'lib, o'zbekcha «ishonmoq, tanimoq» degan manoni bildiradi. Din insonning muqaddas ilohiy kuch - Xudo mavjudligiga asoslangan ongli dunyoqarashi, hissiyoti, e'tiqod qilishi va xatti-harakatlari majmuidir. Din komil insonni tarbiyalashda ulkan qudratga ega bo'lgan ma'naviy, axloqiy kuchdir. Islom (arab.- bo'ysunish, itoat etish, o'zini Olloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan biridir. Islom dini odamlarni to'g'ri yo'lga solish uchun Olloh tomonidan yuborilgan ta'limotdir. Islom dinining asosi bo'lmish Quroni karimda ham va payg'ambarimiz Muhammad mustafo s.a.v. ning sunnatlari bo'lmish Hadisi sharifda ham insonlarni doimo go'zal xulqli bo'lishga targ'ib qilingan. Go'zal xulqlarning natijasi, yani chin mo'min, komil insonning savobli ishlari mukofoti jannat va aksincha yomon xulqlarning, yani munofiqlarning gunohlari natijasi do'zax ekanligi islom dinining asosiy g'oyasidir. Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o'rnida dinning ahamiyati katta. Dining asosiy maqsadlaridan biri, insondagi yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo'lga kirib ketganlarni to'g'ri yo'lga davat etishdir. Islomda, uning muqaddas kitobi Quroni Karimda axloq masalasiga alohida etibor berilgan. Islomda olijanob axloqning eng muhim tushunchalari ta'riflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular - ehson, kechirimli bo'lish, sabr-toqat, rostgo'ylik, shirinso'zlik, ota-onani, o'zidan katta yoshdagilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Shu tarzda insoniyatning butun Amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajraladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va olijanob axloqqa chaqirishlari, nojo'ya ishlardan qaytarishlari Olloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki, jismoniy va ma'naviy pok bo'lsa, unday kimsa axloqsizlik yo'liga kirmaydi. Islom dinining asosi quyidagilar: 1) kalima keltirish; 2) namoz o'qish; 3) ro'za tutish; 4) ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.46 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.46 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: doc