Islom tarixini o'qitishning metodologik asoslari

Islom tarixini o'qitishning metodologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Islom tarixini o'qitishning metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Islom tarixini o'qitishning metodologik asoslari Johiliya so'zi arab tilida johillik, bilimsizlik, nodonlik manolarini beradi. Bu so'z Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko'pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolik e'tiqodidan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko'mish, mayxo'rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi. Islom dini kelganidan keyin bunday johilona odatlarga chek qo'yildi va undan oldingi davr «johiliya davri» deb atala boshlandi. Bazi tadqiqotchilar johiliya davri yuz ellik - ikki yuz yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash juda mushkul. Arabiston aholisi yurtlarining jug'rofiy joylashuvi jihatidan ikki qismga bo'linadi: O'troq arablar - Yaman, Hadramavt va Ummon kabi janubdagi unumdor mintaqalarda joylashgan bo'lib, ularni janub arablari ham deyiladi. Ko'chmanchi arablar - Najd, Hijoz kabi markaziy va shimoliy hududlarning aholisi bo'lib, shimol arablari ham deb yuritiladi. Arablarda nasablar tarixi bilan maxsus shug'ullanadigan tarixchilar bo'lib, ular arablarning kelib chiqishini Ibrohim payg'ambar o'g'li Ismoil (a.s.)ga olib borib bog'laydilar. Ularning Ismoil haqidagi rivoyatlari Tavrotda u haqda bayon qilingan rivoyatlarga o'xshab ketadi. ISLOM ARKONLARI Nabiy - arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar etkazuvchi manolarini beradi. Payg'ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg'ambarning kitob va shariatini insonlarga targ'ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Ishoq, Yoqub, Zakariyo kabi). Rasul - arab tilida elchi manosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg'ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, Iso kabilar. Ibrohimga yuzta sahifa, Musoga Tavrot va Isoga Injil nomli kitoblar nozil qilingan bo'lib, bu bilan birga o'zlariga xos shariat ham berilgan. Muhammad alayhissalom ham kitob va shariat berilgan payg'ambarlardan bo'lib, unga Quroni karim nozil qilingan va unda maxsus shariat berilgan. Imon so'zining lug'aviy manosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo'lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» («Allohdan o'zga iloh yo'q va Muhammad uning payg'ambari») kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir. Imonning etti sharti bor: Allohning borligi va birligiga imon keltirish, yani Allohning barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. Farishtalarning borligiga imon keltirish. Quroni karim. Quroni karim - Alloh taolo tarafidan 23 mobaynida Payg'ambar Muhammad alayhissalomga oyat-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob Islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi. «Quron» - arabcha «qara'a» (o'qimoq) felidan olingan. Quron suralardan iborat. Sura Qurondan bir bo'lak bo'lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o'z ichiga oladi. Quronda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Quron matnlarini taqsimlashning turli yo'llariga ko'ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto, 66 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga