Islom. Islom tarixini o'qitishning metodolgik asoslari

Islom. Islom tarixini o'qitishning metodolgik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Islom. Islom tarixini o'qitishning metodolgik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Islom. Islom tarixini o'qitishning metodolgik asoslari Johiliya so'zi arab tilida johillik, bilimsizlik, nodonlik manolarini beradi. Bu so'z Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko'pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolik e'tiqodidan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko'mish, mayxo'rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi. Islom dini kelganidan keyin bunday johilona odatlarga chek qo'yildi va undan oldingi davr «johiliya davri» deb atala boshlandi. Bazi tadqiqotchilar johiliya davri yuz ellik - ikki yuz yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash juda mushkul. Arabiston aholisi yurtlarining jug'rofiy joylashuvi jihatidan ikki qismga bo'linadi: O'troq arablar - Yaman, Hadramavt va Ummon kabi janubdagi unumdor mintaqalarda joylashgan bo'lib, ularni janub arablari ham deyiladi. Ko'chmanchi arablar - Najd, Hijoz kabi markaziy va shimoliy hududlarning aholisi bo'lib, shimol arablari ham deb yuritiladi. Arablarda nasablar tarixi bilan maxsus shug'ullanadigan tarixchilar bo'lib, ular arablarning kelib chiqishini Ibrohim payg'ambar o'g'li Ismoil (a.s.)ga olib borib bog'laydilar. Ularning Ismoil haqidagi rivoyatlari Tavrotda u haqda bayon qilingan rivoyatlarga o'xshab ketadi. Arabistonda har xil xudolarning timsoli - sanamlar qachon paydo bo'lganligi haqida muayyan tarixiy ma'lumotlar yo'q. Biroq, bazi tarixchilarning xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga birinchi bo'lib sanam keltirgan va unga ibodat qilishni tarqatgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi edi. U Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Shomda esa butparaslik, turli sanamlarga sig'inish odatlari avvalroq shakllangan edi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo'lib, ular ziyoratgohlar sifatida malum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Kaba sanamlar to'plangan joyga aylanib qoldi. Islom arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har xonadonning o'z sanami bor edi, deyish mumkin. Safarga otlangan kishi bunday sanamni qo'li bilan ishqab, so'ng yo'lga tushardi, safardan qaytgach esa, birinchi navbatda u yana sanamini silab-siypardi. Ibn al-Kalbiyning arab ko'pxudoligiga bag'ishlangan «Kitob al-asnom» asarida tilga olingan datlabki 5 sanamning nomi (Vadd, Suvo, Yog'us, Youq, Nasr) Quronda ham zikr qilingan (Nuh, 22-23-oyatlar). Ularning tasviri ko'pchilikka malum edi. Vadd - erkak kishi, Suvo - ayol kishi, Yog'us - sher, Youq - ot va Nasr - burgut qiyofasida ifodalanar edi. Quronda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Manot, Allot va 'Uzza ham kiradi. Johiliya arablarining tasavvurida bu uchchala sanam ham ayol xudolar bo'lgan. Islomdan oldin Arabistonning ko'p joylarida yahudiy jamoalari mavjud bo'lgani haqida ma'lumotlar ko'p. Yahudiylar bilan birga Arabiston yarim oroliga yahudiy dini ham kirib keldi. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Quron, hadis, tafsir, Sira va tarix kitoblari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.96 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.96 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga