Isroil davlat ta'lim tizim Isroil davlatida ta'lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi): a) boshlang'ich ta'lim (1-4-sinflar), b) o'rta ta'lim (5-9-sinflar), Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo'yicha bir kunda bitirish imtihonlari bo'lib o'tadi. Natijalari asosida o'quvchilar o'zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda o'qishni davom ettiradi. v) texnologik ta'lim (10-12 sinflar). O'quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o'quvchilarning o'rtacha 20-40 % attestat oladilar. Shundan keyingi barcha toifadagi ta'lim xizmatlari pullik. O'n sakiz yoshga kirgan o'g'il - qizlar majburiy armiya xizmatiga chaqiriladi. Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli xammasi universitetga o'qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o'qishni davom ettirishi yoki olgan kasbi bo'yicha ishlashi mumkin. Attestati yo'qlar texnologik maktablarning 13-14-sinflarida o'qiydi, lekin istagan sinfdan so'ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o'qishni yakunlashi mumkin. 15-16-sinflarda o'qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo'ladi. Bunday sinflarga ega bo'lgan texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega bo'lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi. Тa'limdagi ustuvor yo'nalishlar va moddiy-texnik ta'minot Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta'limga juda katta etibor qaratilgan va turli-tuman ko'rinishdagi o'quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog'liq bo'lib, mutaxassislik yo'nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, kishlok xo'jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshqalar. Тa'lim muassasalarining barcha turlari moddiy texnik bazasi, kompyuter bilan jihozlanganligi juda yuqori darajada. Barcha kompyuterlar Internetga ulangan. O'quv jarayonida Internetdan keng foydalaniladi. Bundan tashqari Тel-Aviv universiteti bilan bir qator texnologik maktablar sputnik kanali orqali amalga oshiriladigan va on line - bevosita muloqat rejimida shlaydigan masofadan o'qitish tizimiga ulangan. Тa'lim tizimida o'quvchiga juda ko'p bilim berilmaydi, lekin o'quvchilar, hatto bog'cha bolasi ham, mustaqil ravishda fan mavzuga bog'langan holda proyektlar yozadi yoki tayyorlaydi va himoya qiladi. Isroil davlati pedagogikasi ta'limning barcha bosqichlarida o'quvchiga mustaqil ishlashni o'rgatishga qaratilgan va «Bilim olishga o'rgatish uchun o'qitiladi» degan shior bilan ta'lim beriladi. Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta'lim texnologiyasi ko'ra sinflarda o'quvchilarni o'zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o'qitiladi. Тa'lim barcha fanlar bo'yicha hayot va tabiat bilan bog'lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog'lanishi doimo ko'zga tashlanib turdi. Oliy ta'lim tizimi uch bosqichli: 1. Bakalavriatura - 4 yil, 2. Magistratura - 2 yil, 3. Doktorantura - 3 yil. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.78 MB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.78 MB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: pptx