IX-XVI asrlarda Markaziy Osiyoda tarbiyashunoslik va o'qituvchi odobi g'oyalari

IX-XVI asrlarda Markaziy Osiyoda tarbiyashunoslik va o'qituvchi odobi g'oyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
IX-XVI asrlarda Markaziy Osiyoda tarbiyashunoslik va o'qituvchi odobi g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

IX-XVI asrlarda Markaziy Osiyoda tarbiyashunoslik va o'qituvchi odobi g'oyalari Reja: 1. XVI-XX ASR PYeDAGOGLARINING o'qituvchi ODOBI haqidaGI TA'LIMOTLARI 2. 1917 -1991 YILLARDA o'qituvchiLIK KASBI VA o'qituvchi ODOBI MUAMMOSI Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom dini kabul kilingandan sung ming yildan ortikrok davr mobaynida o'qituvchi odobi g'oyalari islom ta'limoti ta'sirida shakllandi va rivojlandi. Malumki, islom xar bir musulmondan avvalo, iymonli bo'lishni talab etadi. Bu, Alloxni, Muhammad uning rasuli ekanini tilda va dilda tan olish, barcha olamlarni, insonni xam tangri yaratganiga, oxirat kuni mukarrarligiga ishonishni nazarda tutadi. Shubxasiz, bu, musulmon maktablarining muallimlariga qo'yiladigan axloqiy talablardan eng birinchisi va muhimidir. Shu bilan birga Markaziy Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash, shuningdek, o'qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta'limotlarni xam yaratdilar. Abu Nasr al-Forobiy (873-930) o'z asarlarida xar bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo'lishi uchun ta'lim va tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. Yoshlarga ta'lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda qattiq zugum kilmasligi, shuningdek, xaddan tashqari ko'p yon berishga xam intilmasligi lozim, chunki ortikcha zugum shogirdda ustozga nisbatan nafrat uygotadi, bordi-yu, shogird ustozning juda xam yumshoqligini paykab kolsa, bu xol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi. Forobiyning takidlashicha, xar bir kishining fel - atvoriga karab tarbiya ikki usul - ixtiyoriy va majburiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bordi-yu tarbiyalanuvchilar fan va hunar o'rganishga moyillik bildirsalar, ularga nisbatan ilxomlantirish, ragbatlantirish usuli kullaniladi: aksincha, mabodo ular uzboshimcha va itoatsiz bulsalar, majburiy usulni qo'llash mumkin (O'zbek pedagogikasi antologiyasi. Toshkent, «o'qituvchi», 1995, 108-109-betlar). Musulmon maktabida ishlaydigan kishilardan ziyrak, aklli va axloqli odam bo'lish talab etilgan. xalq aklli kishilarni dono deb ataydi. Forobiyning ko'rsatishicha, aklli kishi o'tkir zexn, idrokli, fazilatli bo'lishi, uzining qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yo'naltirishi, yomon ishlardan o'zini saqlash i lozim. Forobiy «aql to'g'risida»gi risolasida uzida un ikki xislatni birlashtirgan kishinigina axloqli odam deb hisoblaydi. Bu xislatlar katoriga: odamda barcha organlar mukammal taraqqiy etgan bo'lishi, barcha masalalarni tezda va to'g'ri tushuna oladigan, xotirasi baquvvat, zexni o'tkir, so'zlari aniq, fikrni ravon bayon eta oladigan, o'qishga muhabbatli, me'yorga amal kila oladigan, xakikatni va xakikat tarafdorlarini sevadigan, yolgonchilarga nafrat bilan karaydigan, gurur va vijdonini kadrlaydigan, mol-dunyoga mukkasidan kyetmagan, adolatni sevadigan, jabr-zulm o'tkazuvchilarga nafrat bilan karaydigan, adolatli bo'lish, katiylik ko'rsatish kurkmas va jasur bo'lish kabilarni kiritadi. ta'lim-tarbiya beruvchilar o'z bilimlari va axloqiy darajalarida bir-birlaridan farq kiladilar, deb hisoblaydi u. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning fikricha tarbiya yagona jarayon bo'lib yoshlarga aqliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni va hunar o'rgatishni nazarda tutadi. «Tib qonunlari» asarida bolani olti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.79 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.79 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga