Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va uning xalq ma'naviyatini ko'tarishda tutgan o'rni

Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va uning xalq ma'naviyatini ko'tarishda tutgan o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va uning xalq ma'naviyatini ko'tarishda tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Jadidchilarning ma'rifatparvarlik harakatlari va uning xalq ma'naviyatini ko'tarishda tutgan o'rni Reja: 1. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma'naviyatini ko'tarishdagi roli. 2. Jadidchilarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdirlari haqida. Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko'rinishidir. Shuning uchun biz bu urinda masala bayonini ma'rifat va ma'rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izoxlashdan boshlashni lozim topdik. ma'rifatning lugaviy manosi bilish, tanish, bilim demakdir. boshqacha aytganda ma'rifat bilmok, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonidir. ma'rifat so'zining kupchilikdagi manosi maorifdir. ma'rifat atama sifatida - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. ma'rifatli degani - bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan xar bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, yani ma'rifatning malum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning malum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning xam malum yo'nalishlarini egallaydilar. ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma'rifat - bilim va madaniyatning kushma mazmuni bo'lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. o'tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugbek va boshqalar nafaqat ilm chukkilarini egallab kolmay, uni - yani ma'rifatni keng targ'ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar. Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o'tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxuja Behbudiy, Munavvar kori Abdurashidxon o'g'li, Abdulkodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Saidaziziy, Isxokxon Ibrat va Axmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va koloklikdan xalos etishning yagona yo'li ma'rifatda deb bildilar. Bu fidoiy zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma'naviy kullik va zulm-zuravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma'rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o'lkani, uning kishanlarini ilm chirogi bilangina ozodlik sari boshlamok, parchalamok mumkin ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli xam eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda xam amaliy, xam nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini kursatdilar. Jadidchilik g'oyalarini uning yorkin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Chulpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarkori, Fayzullo Xujaev, Sufizoda, Tavallo, Isxokjon Ibrat kabilar g'oyat ogir sharoitlarda targ'ib etishga harakat kilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning kadr-kimmatini yerga urishga yul kuymaslik borasida katta ishlar kilganlar. ma'rifatchi jadidchilar ogir moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviy-siyosiy tazyiklarga qaramay, millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat kildilar. Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab etganliklari uchun xam bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarkori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.81 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga