Reja: 1. Oktyabr inqilobi davlat to'ntarishi. 2. Turkiston o'lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti. 3. ma'rifatparvarlik harakati va ta'lim-tarbiya 4.Turkistonda ilg'or ma'rifatparvarlarning pedagogik qarashlari 1880 - 1882 yillarda O'rta Osiyoda rus - tuzem maktablari ishlay boshladi, so'ngra 1889 - 1900 yillardan boshlab yangi usul, yani jadid maktablari ishlay boshladi. Bu maktabning asoschisi tatar ziyolisi Ismoil Gaspirinskiy (1852 - 1914) bo'lgan va u dastlab Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xiva, Qo'qon, Andijon, Xo'jand shaharlarida ommalashib ketishiga sababchi bo'lgan, jadidchilar: Hamza, Fitrat, Cho'lpon, A.Avloniy, Domla Ibodiy, Munavvar Qori Abdurashidov va boshqalar o'zlari maktablar ochib dars berganlar. 1917 yil tuntarishidan so'ng Markaziy Osiyodagi 3 ta (Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo'qon honligi) davlat o'rnida yangi yo'nalishdagi mafkuraga asoslangan Respublikalar, yani Turkiston Muxtor Jumxuriyati (Sobiq Turkiston ASSR), Buxoro Xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi tashkil topdi. Yangi Shuro hukumati avvalgi ta'lim tizimi, o'quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish. Xalq maorifi tizimimning yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Xalq maorifi tizimini tasdiq etish Respublika xalq maorifi Komissarligiga va uning maxaliy Sovetlar xuzuridagi bo'limlariga yuklandi. O'quvchilarga ilm fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko'nikmalariniham bera oladigan yagona Shuro Mehnat maktabi xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi. Lekin yangi maktablarni vujudga keltirish bir qancha muommolarga duch keldi. Ayniqsa, o'qituvchining yetishmasligi, darsliklarning va maktab jihozlarining yo'qligi ishni yanada qiyinlashtirdi. Sobiq Turkiston ASSRda yangi tipdagi xalq maorifi tizimini tashkil etishda hukumat RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risidagi 1918 yil 28 yanvardagi dekretiga asoslanib, mullalar va turli ziyoli din axllarining maktablarda dars berishiga yo'l qo'ymaslik to'g'risida dekret qabul qildi. Mazkur dekretga muvofiq sobiq Turkiston ASSR Xalq maorifi Komissarligi aholining hamma talabalaridan bo'lgan bolalarni qaysi millatga va jinsga mansub bo'lishidan qatiy nazar maktablarda tekin o'qitishni Turkiston Respublikasida joriy qilish to'g'risida buyruq chiqardi. Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti 1918 yil may oyining boshida, maktab tubdan qayta qurildi, deb elon qildi. 1917 yil tuntarishigacha mavjud maktab va umuman, bolalar hamda o'smirlarni o'qitish ishining tashkil etishiga xos bo'lgan sinfiy tabaqaviylik hamda kamsituvchilikni tezroq bartaraf etish maqsadida qaror qilindi. Bu haqda chiqargan hukumat murojaat nomasida: o'lka Sovetlari sezdining irodasini bajara borib, darxol yagona va hamma uchun ochiq maktab tashkil etishga kirishildi. Barcha kirish imtixonlari bekor qilindi. Hamma blsqich va idora maktablari endilikda yoshi, millati va dinidan qatiy nazar o'qishni istagan hamma kishilar uchun ochib qo'yildi, - deyilgan edi. Ushbu murojaatni o'lka aholisi xalq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.84 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.84 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: doc