Jahon ilm-fan rivojida Abu Ali Ibn Sino ilmiy merosining ahamiyati Kirish Bob. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Hurosonda ilm-fan rivoji uchun qulay siyosiy-iqtisodiy vaziyat IX-XII asrlarda O'rta Osiyoda ilm-fan rivoji Abu Ali ibn Sinoning hayot yo'li Bob. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi Abu Ali ibn Sino yirik qomusiy olim Abu Ali ibn Sino tibbiyot ilmining bilimdoni Xulosa Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati. KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida Respublikada yangi o'zgarishlar amalga oshirish jarayonida, jamiyat a'zolarini milliy g'oya ruhida tarbiyalash, barkamol avlodni shakllantirishda tarix fanining ahamiyati va roli ortib bormoqda. biz tarixiy xalq an'analari, urf-odatlari va marosimlari asosida xalq ongini shakllantirish omillarini kuchaytirishimiz zarur. Keyingi yillarda O'zbekiston tarixining ko'pgina masalalari o'zining ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy yechimini topmoqda. Ibn Sino o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qomusiy olimdir. Vatandoshimiz buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning «Tib Qonunlari» asari nafaqat Sharq, balki Ovro'po mamlakatlarida ham keng targ'alib, qariyb XVII asrga qadar shifokorlar uchun kundalik qo'llanmaga aylangan. Shayxur rais - donishmandlar ustozi nomi bilan shuhrat qozongan tabib, shoir, qomusiy bilim egasi Ibn Sino mustaqil mutolaa bilan shug'ullanib, matematika, astronomiyani, fizika, arab va fors tillarini puxta bilib oladi. U olim bo'lish bilan birga iste'dodli adib ham bo'lgan. Ibn Sino o'z qissalarida mardlikni targ'ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg'onchilik, ishyoqmaslikni, riyokor imomlarning ikkiyuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm-fanni o'rganishga, kasb-hunar egallashga da'vat etadi. Ibn Sino asarlari O'rta Osiyo xalqlari pedagogik qarashlari, fan tarixini o'rganishda ham eng muhim sarchashmalar hisoblanadi. Ulug' bobokalonlarimizdan qolgan noyob merosni asrab avaylash, jamiyatimiz kelajagi bo'lmish yoshlarning ajdodlar ruqiga va milliy an'analarimizga sodiq, yurtparvar, dono va zukko qilib tarbiyalash hukumatimiz siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biridir.Shu manoda buyuk alloma ilmiy merosini o'rganish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi:Mustaqillik yillarida buyuk allomalarimiz merosini o'rganish va ularning hayot yo'llarini chuqur tahlil etishga etibor kuchaytirildi. Shuningdek, tibbiyot ilmining yetuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyatini o'rganish yuzasidan qator asarlar yaratilgan.Yuqorida nomlar qayd etilgan mualliflar o'z ilmiy maqolalari, asarlarida buyuk alloma hayoti va ijodining u yoki bu jihatlariga to'xtalib o'tishga harakat qilganlar.Abu Ali ibn Sino ijodini o'rganishda A.Irisov, G.Masharipova va R.Nosirovlarning izlanishlari muhim ahamiyatga egadir. BMIning davriy chegarasi:bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi 1X X11 asrlarni qamrab oladi.Bu davrda Abu Ali ibn Sino yashab fanning turli sohalarida katta yutuqlarni qo'lga kiritadi. BMIning maqsad va vazifalari. Mazkur ishning asosiy maqsadi yangi zamon talablaridan kelib chiqib, milliy istiqlol g'oyasi asosida buyuk alloma Abu Ali ibn ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.11 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.11 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: doc