Jahon mamlakatlari ta'limi taraqqiyotining ayrim masalalari

Jahon mamlakatlari ta'limi taraqqiyotining ayrim masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Jahon mamlakatlari ta'limi taraqqiyotining ayrim masalalari - rasmi

Material tavsifi

Jahon mamlakatlari ta'limi taraqqiyotining ayrim masalalari Reja: 1. Jahon mamlakatlari ta'lim muammolarining umumiy tavsifi, ta'lim tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish, ta'limni isloh qilish yo'llari, o'quv dasturlari, integratsiyalashtirilgan va maxsus kurslar. 2. Mehnat ta'limi, kasbga yo'naltirish, ta'limni, tabaqalashtirib olib borish muammolari, maxsus maktablar, qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo'lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o'zgarishlarni insonning o'zini uzgartirmasdan amalga oshirib bulmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o'z-uzidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yetakchi uringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta'lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o'qitish usullari va metodlari ma'nan eskirib, ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini urganib borar ekan, insonni, uning ma'naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam - olam ichidagi kichik olam bo'lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o'z aksini topgandir. Bu hol olamni tula tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi. Shuning uchun bu mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy ishlab chiqarish ilmi bilan qurollantirish, axborot texnologiyalari, boshqaruv malakalarini o'rgatishga ustivor soha sifatida qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta'lim-tarbiyasi oldiga ham shunday vazifa quyilgan bo'lib, kichik olam (Najmiddin Kubro) ning moddiy ehtiyojlari yetakchi uringa, ma'naviy ehtiyojlar keyingi uringa tushib qolayotir. Vengriya va Germaniyada xalq ta'limi tizimi Sobiq shurolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator mamlakatlarda xalq ta'limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida amalga oshirildi. Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta'lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta'lim-tarbiyasi sifatini tubdan uzgartirish yo'nalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta'lim-tarbiyasi puxta uylangan reja asosida yulga quyildi. Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal industrlashtirish yo'llarida (50 -y) yoshlarga umumta'lim va kasbiy ta'lim berish ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur'atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, mavjud maktablar yarim internatlar shakliga utdi. o'quvchilar kontengentining 30 % i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta'lim 8 yillik bo'lib, ta'limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi. 70 - yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.2 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.2 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga