Jahon Otin Uvaysiyning pedagogik g'oyalari

Jahon Otin Uvaysiyning pedagogik g'oyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Jahon Otin Uvaysiyning pedagogik g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

Jahon Otin Uvaysiyning pedagogik g'oyalari Reja: Uvaysiyning Qo'qon xonligi adabiy muhitiga qo'shgan hissasi. Uvaysiy Qizlar maktabi asoschisi. Uning ilmiy asarlari. 13. Jahon Otin Uvaysiyning pedagogik g'oyalari. Ba'zi manbalardan ma'lum bo'lishicha, Uvaysiyning iltimosiga ko'ra otasi uni Qo'qonga, bir do'stinikiga yuboradi. Qo'qonlik homiysi uni juldur parayajida, kampir qiyofasida saroyga borishini maslahat bergandi, qarangki, uning tashqi qyyofasiga qarab, uni saroyga kiritmaydilar. SHunda «kampir» soqchiga bir qog'oz berib, podshoga topshirishni iltimos qiladi. fu qog'ozda uning mashhur g'azali bitilgan edi. Xon g'azalni o'qib ko'rib, xat egasini uning yoniga olib kelishga buyuradi va ahli majlisga uning g'azalini o'qib eshittiradi. Bu Uvaysiy edi. SHu kundan boshlab Uvaysiy saroyda qoladi va xon uni Urdadagi xonim-oyimlarga murabbiya etib tayinlaydi. Uvaysiy Nodira Uvaysiyni o'z himoyasiga oladi. Ikkala shoira etachi-singil tutinadilar. Nodira egachisiga Qo'qondan xovli-joy in'om qiladi. Uvaysiy Qo'qonda Nodiraning eng yaqin kishisi, suhbatdoshi, sirdoshi bo'lib qoladi. Xalq oraoida tobora uning obro'yi, shuhrati ortadi, Nodira sayohatga qaerga borsa, Uvaysiyni ham o'zi bilan 'birga olib boradi. Nodira bilan u Konibodom, Xo'jand, Uratepa, Toshkent, Andijon, Ush va boshqa shaharlarda bo'ladi. Ammo biz Uvaysiyning muallimlik faoliyatini o'rganar ekanmiz, uning o'qitish usullari haqida, o'sha davrdagi qizlar maktabi, ularning mazmunida otinlarning o'rni haqida muayyan ma'lumotga ham ega bo'lamiz. Mohlaroyim Nodira O'tmishdagi barcha Sharq mutafakkir va shoirlari singari o'zbek otinlarining ham pedagogika nazariyasiga oid asarlari yo'q. Lekin ularning ko'pchiligida nazm iqtidori bo'lganligi tufayli bizga meros qilib qoldirgan she'riy durdonalariga asoslangan holda ta'lim-tarbiya to'g'risidagi qarashlari, xalqqa ma'rifat tarqatish sohasidagi intilishlarini aniqlash mumkin. Bir so'z bilan aytganda, pedagogika ularning asarla-riga singib ketgandir. Ana shunday ma'rifatgaarvar o'zbek ayollaridan biri, xalqimiz orasida Uvaysiy taxallusi bilan mashqur bo'lgan shoira Jahon otin Uvaysiydir. Avvalo, shuni ta'kidlash kerakki, XIX asr sharoitida maktablarning aniq bir ta'lim tizimi haqida gapirish bir oz qiyin. Qizlarga boshlang'ich diniy ta'lim beradigan otinbibi maktablari esa asosan xususiy bo'lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o'quv rejasi va dasturiga ega amas edilar. o'quvchilar ham sinflarsa bo'lib emas, balki bolalar o'qitiladigan kitoblarni o'zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo'lib o'qitilardi. Domla yoki Otinoyi darsni berilgan vazifani o'qitib ko'rish va yangi toggshiriq berishdan boshlar edi. Hech bir domla yoki otinoyida o'ziga xos ishlar, umumiy o'quv darsligi yo bo'lmasa o'quv uslubi bo'lmas edi. Katta yoshli o'quvchilardan biri otinoyiga yordamchi qilib saylanar va «halfa» deb yuritilardi. Maktabdagi asosiy o'quv fani (shariat va imon) islom qoidalari to'plami edi. Otin-oyining ish haqi sifatida bolalarning ota-onalari tomonidan berilgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyimliklar va ba'zan pul to'lanar edi. Bundan tashqari, ota-onalardan «bo'yra puli», «o'tin puli» ham undirilar edi. Otinoyi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.55 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.55 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga