Jahon pedagogika fani rivojlanish tarixi bayoni Reja: Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta'lim-tarbiya. Qadimgi SHarq davlatlarida va Yunonistonda pedagogik fikrni paydo bo'lishi. G'arbiy Yevropamamlakatlarida ta'lim-tarbiya. Komenskiyning pedagogik tizimi va pedagogika fani taraqqiyotidagi ahamiyati; Rus pedagogik olimlarining pedagogik g'oyalari. K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi. 17. Jahon pedagogika fani rivojlanish tarixi bayoni Qadimgi Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa qadimiy SHarq mamlakatlariga nisbatan juda erta rivojlangan. Tarbiya tizimi shaharlar nomi bilan yuritilib «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo'ldi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. CHunki qullar barcha mamlakatlardagi kabi oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. Lakoniya (Sparta) Peloponnesning sharqi-janubiy qismidagi yerlarga joylashgan davlat bo'lib, bu viloyatlar sohilida kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar yo'q edi. Mamlakatda qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. Soni unchalik ko'p bo'lmagan yarim ozod va to'la huquqli bo'lmagan aholisining ko'pchiligi hunarmandlar edi. To'qqiz ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo'lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog'lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat bo'lish bilan birga bo'lajak quldorlarni ham tarbiyalashni nazarda tutar edi. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirnlar va 18 yoshga yetgunicha ularga ana shu muassasalarda ta'lim-tarbiya berilar edi. Bu muassasalarning rahbarlari davlat tomonidan obro'li, taniqli kishilardan tayin qilinar edi. Bunday kishilar «pedonom» deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi. Ayniqsa, o'smirlar tarbiyasiga alohida e'tibor berilardi. Ular jismoniy sog'lom bo'lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga ham o'rgatib borilar edi. Ta'lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi. Bu bilan yosh spartaliklarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza otabilishdan, kurashish va qo'l bilan jang qilish usullaridan saboq berilardi. Qadimgi grek tarixchisi, faylasuf olimi Plutarx Sparta maktablaridagi ta'lim-tarbiya haqida gapirib shunday deydi: «O'qish va yozish - bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirishni, chidamli bo'lishni va yengish ilmini o'rgatishni ko'zda tutadi». Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o'tkazib, shu yo'l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Sparta ta'lim-tarbiya tizimida bola 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «efeblar» (efeblar qadimgi Yunonistonda balog'atga yetgan o'spirinlar) guruhiga o'tkazilgan va harbiy xizmatni o'taganlar. Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e'tibor berilgan, ya'ni ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar qullar qo'zgolonini bostirmoq uchun urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.96 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.96 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: pptx