Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi

Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Pedagogika
Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi Reja: 1. Jahon pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari. 2. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta'lim-tarbiya, pedagogik qarashlar va ta'limotlar. 3. Qadimgi Xitoyda ta'lim-tarbiya.Konfutsiylik. 4. G'arbiy Yevropada maktab, maorif va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. 5. O'zbek xalq pedagogikasining rivojlanishi. Jahon pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari. Axloq va pedagogik qarashlar hamda ta'limotlar tarixiy jarayon bo'lib, kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan paydo bo'lib, shakllanib rivojlanib borgan. Tarbiya va axloqiy fikrlarning kelib chiqishi ibtidoiy jamiyat, uning yovvoyilik va vahshiylik davrlari tugab, sivilizatsiya davri boshlanganida «Aqlli odam» (Xomosapiens) deb atalgan odamlar shakllangan davrda paydo bo'la boshlagan. Odamlar to'plagan turmush tajribasini yoshlarga o'rgatish, ularni g'ayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta'lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo'lgan. Tarbiya haqidagi pedagogik fikrlar, qarashlar va ta'limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari - Xoldey, Vavilon (Bobil), Misr, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan. Shu boisdan eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlari, jumladan Xoldey, Vavilon, Misrda va Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklar o'rganib olganlar1. Qadimgi Misr o'zining tarbiyaviy-axloqiy pandnomalari (quldorlar hayotiga doir xilma-xil maslahatlar, do'stlar bilan, xizmatkorlar bilan muomala qoidalari va hokazo) bilan mashhur bo'lgan va ularni koxinlar (kelajak haqida «karomat qiluvchi» kishilar, ruxoniylar) yaratganlar. Ular axloqning ibtidosi samoda deb qaraganlar hamda odamning buyuk maqsadini xudo bilan qo'shilib ketishda ko'rganlar, asosiy axloqiy majburiyatni firavinlar (Qadimgi Misr podsholarining an'anaviy nomi) ga xizmat qilish va xudolarga hurmat bilan qarash deb bilganlar. Koxinlar kishilardagi «odobsizlik», «tarbiyasizlik» xudolarni lozim darajada e'zozlamaslikdan paydo bo'ladi deb bilganlar. Qadimgi Misrda diniy va dunyoviy ma'nodagi axloqiy-tarbiyaviy ta'limotlar paydo bo'lgan. Eramizdan avvalgi II asrda qog'oz ilk bor Xitoyda kashf etildi va ishlab chiqilgan. Keyinchalik VII asrda Samarqanda qog'oz ishlab chiqarila boshlandi va Yevropamamlakatlariga sotilgan. XVII asrda qog'oz ishlab chiqish Yevropamamlakatlariga ham yoyilgan.100 yildan buyon bo'lib kelayotgan qog'oz bosish Rossiya O'rta Osiyoni bosib olgandan keyin to'xtatilgan. Sharq mamlakatlaridagi ilk tarbiya maktablarida xat-savod o'rgatish murakkab, og'ir ish hisoblangan. Ilm olish - nina bilan quduq qazish, deb bejiz aytilmagan. Shu boisdan mutafakkir olimlar o'qitishning yengilroq usullarini topish ustida bosh qotirganlar. Bu davrlarda yozuv, o'qish, hisob va din ilmlari yaratildi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida maktablarda qattiq intizom o'rnatilgan, bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo'llangan.Markaziy Osiyoda falsafiy, axloqiy, ma'rifiy tafakkurning ilk kurtaklari xalq og'zaki ijodida o'z aksini topgan. Ularda yozuv paydo bo'lgunga qadar va undan keyin ham xalq ruhi va ma'naviy faolligi aks etgan. Sharqda, jumladan O'zbekiston hududida ta'lim-tarbiyaga juda katta e'tibor berilib, bolalarni kichik yoshdan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr oqibatli qilib voyaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.3 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.3 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga