Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi Reja: 1. Konsepsiya haqida tushuncha 2. Tarbiyaning asosiy tizimi 3.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasini amalga oshirish vazifalar. Ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson muommosi yechimi oilada, maktbda va maktabdan tashqari muassasalarda beriladigan ta'lim- tarbiyasining mazmuni tizimli ravishda ma'lum bir kospesiyaga mujassamlashtirilgan. Konsepsiya tushunchasi har bir pedagogik texnologiya, falsafa, psixologiya, didaktik ta'lim maqsadlariga erishishning ijtimoiy- pedagogik dalillarni o'z ichiga oladigan aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishdir. Konsepsiya- maqsadga yetishishning xomaki rejasi mazkur sohada mavjud qonuniyatlar bilan asoslab berilgan bosqich konsepsiya yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining muhim tomoni, sinfdan va maktabdan tashqri ishlarni samarali tashkil qilisshdir. Sinifdan va maktabdan tshqari tarbiyaviy konsepsiya o'qituvchilar faoliyatini yuksak saviyada tashkil etish uchun dasturulamaldir. O'zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo'lga ega bo'lishi xalq xo'jaligining turli sohalarida jumladan, xalq ta'limi tizimida ham o'sib kelayotgan barkamol avlod yuksak tarbiyasi konsepsiyasini yaratish zaruriyati paydo bo'ldi. Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O'z PFITI olimlari, Respublika Ta'lim markazi mutaxasislari va Xalq ta'limi vazirligi xodimlari hamda keng jamoatchilik fikrini inobatga olib tayyorlangan. Konsepsiyada tarbiyaviy ishlarning asosiy yo'nalishlari maqsad va vazifalari yosh avlodni ma'naviy- axloqiy tarbiyalashda xalqning boy ma'naviy, tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Buning uchun: yoshlarni erkin fikirlashga tayyorlash, o'zini o'zi idora qila bilishni shakillantirish o'quvchilarni Vatanning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish orqali milliy g'urur hissini tarbiyalash; o'quvchilarning bilimdonligi va ijodiy imkoniyatlarini anglab rivojlantirish. Insonparvarlik odobi me'yorlarni shakillantirish; Vatanparvarlik, dunyoviy fikirlash, millatlar aro totuvlik, samimiy munosababda bo'lish; Shaxsni qadirlash, fuqorolikni ijtimoiy mas'uliyatni shakllantirish; Mustaqil davlatimizni ko'z qorachig'idek asrash va uning istiqloli, istiqboli uchun sodiqlik ko'rsatish; O'quvchilarda mehnat sevarlik, sog'lom turmush tarzini yaratish, erkin fikr egasi qilib tarbiyalash- tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning muhim vazifalaridir. (Hasanboyev Va boshqalar Pedagogika fanidan izohli lug'at. T., 2009,234bet) Tarbiyaning asosiy tizimi: Tarbiya-tarbiyalanuvchi shaxsni oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigit qizning betakror, o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e'tiborga olish; Yoshlarda istak va imkoniyat tuyg'usini muvaffaqiyatli qaror toptirish; Milliylikning o'ziga xosligi va ana'nalari va vositalariga tayinlash; Shaxslar aro munosabatlarda insonparlik pedagoglar va o'quvchilar o'rtasida bir biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e'tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatlarda bo'lish. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo'sh vaqtlarini o'quv-tarbiya jarayononi to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini tashabbuskorligini oshirishga imkon yaratadi. Konsepsiada vatanparvar va komil inson tarbiyasida alohida etibior qartiladi. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasida fuqorolar birligi millatlararo ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: doc