Jahon XXI asr bo'sag'asida O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlari va tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Reja: XXI asr bo'sag'asida dunyo. xalqaro vaziyatda, dunyoning giosiyosiy uzilishida va xaritasida yuz bergan tub o'zgarishlar. Umumbashariy muammaolar, siyosiy tangliklarni xal etishda xalqaro tashkilotlarning o'rni. Markaziy Osiyo mintaqasida to'planib qolgan muammolar, ular yechimining mintaqadagi siyosiy muvozanatni va barqarorlikni ta'minlashga bog'liqligi. O'zbekiston Respublikasini mudofaa doktrinasi. Adabiyotlar. 1. XXI asr bo'sag'asida O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritib jahon hamjamiyatiga kirish integratsiyalashish tomon yuz tutdi.Bu jarayonni idrok qilish uchun avvalo, asrimiz so'ngida dunyoda qanday o'zgarishlar sodir bo'lganini, dunyoning qiyofasi qanday ekanligini bilish zarur. SSR ning parchalanishi, sotsialistik dunyoning barbod bo'lishi natijasida» sovuq urush «siyosati, ikki sistema qarama qarshiligi tugagan bo'lsada, dunyo hamon murd, murakkab va muammoli bo'lib turibdi. Dunyo tinchligiga, umumiy xavfsizlikka tahdid soluvchi xavf-xatarlar saqlanib qoldi. Dunyoning qaltis, taxlikali ekanligi Islom Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida teranlik bilan tahlil qilib berilgan. Quyidagi omillar dunyoning hamon taxlikali ekanligidan dalolatdir: Kuchlar nisbati ilgari asosan ikki joyda (SSR va AQSH) to'plamlari, ikki qutbli bo'lgan bo'lsa, endi ko'p qutbli bo'lib qoldi, nazorat qilish qiyinlashdi. Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblanagan tabiiy resurslarni rivojlangan mamlakatlar o'z qo'liga olishga, nazorat qilishga intilishi kuchaydi. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud. Ko'pgina mamlakatlarda ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf xatarlar o'sib boryapti. Boy va kambag'allar o'rtasidagi mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, qashshoqlik yanada avj olmoqda. Bir qator mintaqalarda xatto bir mamlakat fuqorolari o'rtasida milliy etnik va diniy nizolar kelib chiqib majorolarga, qonli urushlarga aylanmoqda.1997 yilgi ma'lumotlarga ko'ra qariyib 50 milliondan ortiq qochoq bor; 1996 yilda boshqa mamlakatlarda boshpana topgan 13 mln kishi ro'yxatga olingan; fuqarolar urushi tufayli 30mln.ga yaqin odam o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'lgan. Islom Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» asarida Afg'oniston va Tojikiston mojarolarini tahlil qilib, ularning O'rta Osiyo davlatlari, jumladan O'zbekiston xavfsizligi uchun solayotgan tahdidini ko'rsatib berdi. Bu mojarolar tufayli O'zbekiston front oldi mamlakatiga aylanib qoldi. Qurolli yoki boshqacha tarzda qo'poruvchilik harakatlarining, fitnachi elementlarning, qochoqlarning O'zbekistonga ham o'tib ketish xavfi vujudga keldi. Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka diniy ekstremizm va fundamentalizm ham tahdid qilmokda. Diniy siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan islom fundamentalistlari odamlar o'rtasidagi «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo'yicha qarama qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga intiladilar. Ular davlatlarni islomlashtirishga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinadilar. Islom ekstremistlarining qadimgi islom g'oyalari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:08 ]
Arxiv ichida: doc