Jamiyat taraqqiyotining g'oya, mafkuralar bilan o'zaro bog'liqligi

Jamiyat taraqqiyotining g'oya, mafkuralar bilan o'zaro bog'liqligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Jamiyat taraqqiyotining g'oya, mafkuralar bilan o'zaro bog'liqligi - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat taraqqiyotining g'oya, mafkuralar bilan o'zaro bog'liqligi Reja: 1. g'oya tushunchasi, uning mohiyati va g'oyalarning namoyon bo'lishi va xilma-xil ko'rinishlari. 2. Mafkura tushunchasi, uning mohiyati va mafkuralarning namoyon bo'lish xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: g'oya, g'oyalarning shakllari: diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy g'oyalar, ijtimoiy-siyosiy g'oyalar, milliy g'oya, mafkura, mafkuraning tarixiy shakllari, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, shovinizm, fashizm, bolshevizm, aqidaparastlik. Zardusht, Siddxarti, Gautama, Suqrot, Platon, Konfutsiy, Amir Temur, M.Ulug'bek, A.Navoiy, Z.M.Bobur, Mahatma Gandi, diniy aqidaparastlik, buyuk davlatchilik shovinizmi, Fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish. 1.Inson tafakkuri vokelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g'oyalar va ta'limotlar yaratadi. Binobarin, g'oyalar xam inson tafakkurining maxsulidir. Lekin tafakkur yaratgan xar qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g'oya bula olmaydi. Fakat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g'oya bula olishi mumkin. g'oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bulsada, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, xatto tub katlamlariga xam singib boradi. g'oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Muayyan g'oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli katlamlariga tarkaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. mustaqil hayotga kadam kuyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g'oyalar ta'sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g'oyalarni o'z e'tiqodiga singdiradi, o'z navbatida yangi g'oyalarni yaratadi va targ'ib etadi. Xar bir narsaning o'z ibtidosi va intixosi bo'ladi. g'oyalar xam o'z «umri»ga ega. Ular xam malum makonda va zamonda paydo bo'lishi, jamiyat rivojiga muayyan xissa qo'shishi, kishilarning ongi va kalbidan joy olishi, o'z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yukotgach, tarixiy xotiraga aylanishi xam mumkin. g'oyaga ta'rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarni sanab utish lozim bo'ladi. g'oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. Xulosa qilib aytadigan bulsak, g'oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o'tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad-muddao sari etaklaydigan ulugvor fikrga aytiladi. Mazmuni va namoyon bo'lish shakliga karab, g'oyalarni bir kancha turlarga ajratish mumkin. Masalan: diniy g'oyalar; ilmiy g'oyalar; falsafiy g'oyalar; badiiy g'oyalar; ijtimoiy-siyosiy g'oyalar; milliy g'oyalar; umuminsoniy g'oyalar va xokazo. Diniy g'oyalar deb, xar bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning negizini tashkil etuvchi akidalarga aytiladi. Ibtidoiy dinlar xar bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning iloxiy quvvatga egaligi to'g'risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, xindlarning diniy tasavvurlariga ko'ra, jon kuchib yuradi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.54 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.54 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga