Jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimi

Jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimi - rasmi

Material tavsifi

Jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimi Reja: Jamiyatning siyosiy tizimi. Davlat siyosiy sistemaning asosiy instituti. Hokimiyatning bo'linish tamoyili. 4. Huquq - boshqaruvning ijtimoiy-siyosiy instituti sifatida. Jamiyatning siyosiy tizimi Jamiyatning siyosiy tizimi iborasi siyosiy fanning muhim tushunchasi sifatida XX asrning ikkinchi yarmida qaror topdi. Bu siyosiy jarayonlarda quyidagi sifatiy yangiliklar paydo bo'lishi bilan bog'liq: aynan XX asrda davlat siyosiy hukmronlikda o'zining monopol ahamiyatini (yani yakkahokimlikni) yo'qotdi va partiyalar, jamoat tashkilotlari, institutsiyalar (tashkiliy hodisalar) va ijtimoiy munosabatlarga muhim ta'sir ko'rsatuvchi shu kabi tashkilotlar qatori siyosiy tizim elementlarining biriga aylanib qoldi. Aynan ana shu institutsiyalar davlatning fuqarolik jamiyati bilan aloqasini o'rnatishga va demokratik xarakterdagi hokimiyat vujudga keltirishga imkon berdi. Ijtimoiy hayotning siyosiy jarayonlarga ta'sirining ana shunday kengayishi jamiyatning siyosiy tizimi degan umumlashgan yangi tushunchaning paydo bo'lishiga olib keldi. Shuning uchun hozirgi siyosiy jarayonlarni o'rganishda nafaqat davlat va davlat hokimiyati organlari tizimini, shu bilan birga siyosiy jarayonlarda qatnashuvchi va siyosiy qarorlar qabul qilinishida ishtirok etuvchi barcha ijtimoiy-siyosiy institutsiyalarni ko'rib chiqish kerak. Hozirgi zamon siyosiy lug'atida jamiyatning siyosiy tizimi iborasidan-da ziddiyatli iborani topish qiyin. Siyosiy tizimga ta'rif berishning qiyinlashuviga unga turli mamlakatlardagi nafaqat ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fan mutaxasislari (yuristlar, siyosatshunoslar, tarixchilar), balki ushbu yo'nalishdan ancha uzoq bo'lgan kishilar - populistlar ham ta'rif berishga urinayotgani ta'sir etmoqda. Shunday bo'lsada, mavjud ko'plab ta'riflarni quyidagicha umumlashtirish mumkin: davlat hokimiyatini o'rnatish va uni amalga oshirishda qatnashayotgan institutsiyalar yig'indisiga jamiyatning siyosiy tizimi deyiladi. Demak, siyosiy tizimning belgilovchi, asosiy kategoriyasi hokimiyat hisoblanadi. Hokimiyat tushunchasini to'rt tomondan ko'rib chiqish mumkin: Jamiyatning siyosiy tizimi tushunchasi har bir mamlakatdagi siyosiy tizim tushunchasiga nisbatan kengroqdir va ularni belgilab beradi. Jamiyatning siyosiy tizimi o'zaro aloqador bo'lgan to'rtta asosiy torroq tizimni o'z ichiga oladi: institutsiyaviy (tashkilotga oid), kommunikativ (munosabatga oid), normativ (qoidaga oid), madaniy-mafkuraviy. Siyosiy institutsiyalar - siyosiy hokimiyatni amalga oshirish bilan bog'liq tashkilot va muassasalar yig'indisidir. Siyosiy institutsiyalar o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) davlat va uning organlari; b) jamoat tashkilotlari; v) yuridik shaxs maqomidagi boshqa tashkilot va muassasalar. Siyosiy institutsiyalarning xususiyati shundaki, ularning faoliyati amalda doimo qonun tomonidan, yani muayyan normativ hujjatlar orqali boshqariladi. Siyosiy hokimiyatning asosiy instituti davlat hisoblanadi. Davlat siyosiy sistemaning markaziy elementi, asosi hisoblanadi, u hokimiyatning asosiy manbasi va timsolidir. Shuningdek, siyosiy sistemaning muhim elementlarini siyosiy vositachilik institutsiyalari hisoblanmish partiyalar, ta'sir ko'rsatish guruhlari, manfaatdor guruhlar tashkil etadi. Siyosiy munosabatlar - siyosat subyektlarining o'zaro ta'sirlarining shakli, siyosiy hokimiyatni egallash, o'rnatish, amal qilish, qo'llash, rivojlantirish va o'zgartirish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlash turidir; bu - siyosiy sistema institutlari, siyosiy va ijtimoiy sistemalar o'rtasida tarkib topadigan o'zaro ta'sirlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.67 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.67 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga