1.Jamoa haqida umumiy tushuncha. 2.Jamoani shakllantirish bosqichlari va shakllari. 3.Jamoaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish. 4.Jamoani tashkil qilishga qo'yilgan talablar Umumiy o'rta ta'lim hamda yangi turdagi ta'lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas'uliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror butun-bu sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o'quvchilarning asosiy faoliyati o'qishdir. Aynan sinf jamoasida o'quvchilar o'rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o'z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o'ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o'quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O'quvchilar jamoasi bu, ijtimoiy ahamiyatni tashkil etish, shuningdek umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a'zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o'zaro birlikka ega o'quvchilar guruhidir. Sinf rahbari ishida o'quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash - tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to'liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: -talablar qo'yish; -faollarni aniqlash, -o'quv mehnat, -ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; -sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish - ijobiy an'analarni yaratish va ko'paytirish. Sinf rahbari ishining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o'quvchilar jamoasini shakllantiradi. O'quvchilarning asosiy vazifasi o'qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o'qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o'zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi va nihoyat eng muhimi - ularning o'qishdagi muljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o'quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o'quvchi bilan qiziqtirib qo'yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo'ladi, lekin «ajratib qo'yilgan» bolalar bo'lmaydi. O'quvchilarning xulq atvori, o'quvchining muntazam o'rganishni o'z oldiga maxsus maqsad qilib qo'ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o'zgarishi mumkin. Bunday o'rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani shaqlantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o'quvchilarning rivojlanishga ta'sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo'lishi kerak. Jamoa qanday bosqichda turmasin, uning oldida bir vaqtqning o'zida yaqin, o'rta va uzoq istiqbollar bo'lishi kerak. Ekskursiya, madaniy yurish, shahar tashqarisiga sayrdan xursandchilik yetkazadigan qiziqarli ishlar tanlanadi, bu kichik tadbirlarni tayyorlash to'quvchining faol pedagogik yordam ostida muayyan kuch-g'ayrat sarflashlarini va tashkilotchilik fazilatlarini namoyon etishlarini talab qiladi. Bunday jamoa tadbirlarini o'tkazish chog'ida faol o'quvchilar aniqlanadi. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faoliyatining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: ppt