Jamoada yuz beradigan konfliktlar va ularni boshqarish. Konflikt tushunchasi Reja: 1. rahbar tashkilotda ijtimoiy-ruhiy iqlimni yaratuvchi shaxs sifatida. 2. Nizo (konflikt) larning tabiati, sabablari va ularni bartaraf etish usullari. rahbar tashkilotda ijtimoiy-ruhiy iqlimni yaratuvchi shaxs sifatida. mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy iqlimning holati nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo-bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi. Jamoa a'zolari orasidagi nizolarning kupchiligi ishlab chiqarishning konikarsiz tashkil kilinganligi, rahbarlarning ish jarayonida uziga buysunuvchi jamoa a'zolarining ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Nizolar kanchalik ko'p bulsa, mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy iqlim shunchalik yomonlashadi. mehnat jamoalarida ayrim nizo chiqarishga moyil shaxslar bo'lishi tabiiy. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug'ullanish o'rniga uzlarining nizolarida ko'rsatilgan masalalar rahbar xodimlar tomonidan qanday kabul kilinayotgani tug'risida fikr yuritib, uzlari va boshqalarni ishdan chalg'itib, ishga xalakit beradilar. Bunday nosog'lom vaziyat jamoat a'zolari asabiga tegadi, ayrim ishchi xodimlar bundan vaqtincha manfaatdor bo'lib, ular g'iybatlar uyushtirib, vaziyatni keskinlashtirishga harakat kiladilar. Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy holat yomonlashadi, bu esa o'z-uzidan ishga salbiy ta'sir kursatadi. ma'muriy buyrukbozlik boshqaruvi xukm surgan sharoitda ijtimoiy ruhiy iqlimga etibor ko'p karatilmas edi. Ammo demokratiyalashuv, oshkoralik sharoitida bozor iqtisodiyotining sog'lom rakobat muhitida barcha eski ish uslublariga (ma'muriy buyrukbozlikka) chek kuyiladi. hozirgi sharoitda rahbar fakat o'z sohasini yaxshi bilibgina kolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruxshunos (psixolog), tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi bulmog'i lozim. Buning uchun xar bir rahbar xodim sotsiologiya, psixologiya, pedagogika fanlarini chuqur uzlashtirishi lozim. Buni hayotimizdagi jiddiy o'zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarning o'z-o'zini boshqarishga bo'lgan intilishi takozo qiladi. Jamoaga azo bo'lgan xar bir shaxsning kalbiga rahbar yul topa olishi-uning faoliyati negizini tashkil etadi. Yapon menejerlaridan biri Matsusita takidlaganidek, mehnat jamoasida nafaqat 250 kishi balki 2500 kishi ishlasada, rahbar xar bir ishchisini yuzidan bilishga, shaxsan tanishga intilishi zarur. Kishi shaxsiyatiga yul topa bilish-mehnat jamoasi ichida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoa ichida, yuqori pog'onaga chikarmasdan turib xal qilish imkonini beradi. Jamoalarda sog'lom ruhiy iqlimni yaratish uchun rahbar xar bir ishchi-xodimning shaxsiy fazilatlarini, yoshi va qobiliyatlarini inobatga olishi zarur. Shuningdek, ishchilar o'rtasidagi hamkorlik va o'zaro yordamni, bir-biri bilan chambarchas bog'laydigan ijtimoiy aloqa maromini, iqtisodiy musobaqani tashkil etishga, mehnat jamoalarida ish faoliyatini natijalarini ruyobga chiqarishda xar bir ishchining mas'uliyat sezish tuyg'usini mustahkamlashga, yuqori unumli mehnatni ta'minlash, ijodiy g'ayrat bilan ishlash sharoitini yaratishga etibor berish zarur. Nizo(konflikt)larning tabiati, sabablari va ularni bartaraf etish usullari. Shunday qilib, nizo bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar (yoki guruhlar) orasida muayyan masalalarni xal ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.05 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.05 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: doc