Jamoadagi psixologik muhit

Jamoadagi psixologik muhit

O'quvchilarga / Pedagogika
Jamoadagi psixologik muhit - rasmi

Material tavsifi

Jamoadagi psixologik muhit Reja: Psixologik muhitni aniqlash faktorlari. xizmat joyidagi nosog'lom ijtimoiy - psixologik muhitni yuzaga keltiruvchi sabablar. Kasbiy muhitdagi muammolar yechimi. Kasbiy faoliyatdagi psixologik muhitni chet el olimlari tomonidan o'rganilishi. O'qituvchining kasbiy xususiyatlari. Kasbiy faollik Psixologik muhitni aniqlash faktorlari Ishchi guruh a'zolarini bir- biri bilan o'zaro aloqa shart- sharoitlari guruh birgalikdagi faoliyati muvaffaqiyati va ish jarayonidan va uning natijalaridan qoniqishiga ta'sir qiladi. Hususan, unga ishchilar ishlaydigan sanitar- gigiyenik sharoitlar: temperatura rejimi, namlik, yorug'lik, xonaning kengligi, qulay ish joyining mavjudligi va boshqalar. Guruhdagi o'zaro aloqalar xarakteri va undagi hukm suradigan kayfiyat katta ahamiyatga ega. Guruhdagi psixologik holatni belgilash uchun «ijtimoiy - psixologik muhit», «psixologik atmosfera», «tashkilot muhiti», «mikroklimat» va boshqa tushunchalar ishlatiladi. O'z kelib chiqishiga ko'ra bu tushunchalar metaforalardir. O'simliklarni gullab -yashnaydigan tabiiy-muhit bilan solishtirish mumkin. Bir muhitda ular gullab-yashnasa, ikkinchi muhitda ular so'lishi mumkin. Huddi shunday fikrni ijtimoiy -psixologik muhit haqida gapirish mumkin: malum bir sharoitda guruh a'zolari o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solib, faoliyat ko'rsatsa, ikkinchi muhitda odam o'zini noqulay sezib, guruhni tashlab ketishni istaydilar, ularning shaxsiy o'sishi sekinlashadi. Ijtimoiy -psixologik muhit deganda odatda quyidagilar nazarda tutiladi: Guruh ijtimoiy - psixologik xarakteristikalari yig'indisi; Jamoadagi asosiy hukm suruvchi psixologik kayfiyat; Jamoadagi o'zaro aloqalar xarakteri; Jamoa holati yigma xarakteristikasi. Jamoadagi sog'lom ijtimoiy -psixologik muhit o'zaro muloqatdan mamnunlik, bir-biriga ishonch, himoyalanganlik, xavfsizlik, qulaylik, o'zaro bir- birini qo'llab quvvatlash, munosabatlardagi iliqlik, bir- birini eqtirish, ochiq fikr bildirish, qatiyyatlik, tetiklik, ijod qilish, intellektual va kasbiy o'sish, tashkilot ravnaqiga o'z hissasini qo'shish, xatoliklar kelib chiqishidan qo'rqmaslik hislari bilan xarakterlanadi. Jamoadagi nosog'lom ijtimoiy -psixologik muhit zerikish, ruhan tushkunlik, tez achchiqlanishlik, zerikish, tez qizshish va guruhdagi majorali munosabatlar, ishonmaslik, yanglishi eki xatolik kelib chiqishi va oqibatda jazolanishdan qo'rqish, bir-birini tushunmaslik, dushmanlik, shubhalilik, yagona ishga qattiq urinmaslik, jamoa va tashkilot ravnaqiga o'z hissasini qo'shish istagi yukligi, umuman olganda, qoniqmaslik hislari bilan xarakterlanadi. Guruhdagi muhit haqida bevosita hukm chiqarish mumkin bo'lgan alomatlar mavjud: ishchilarini tez-tez ishdan bo'shashai; mehnat unumdorligi; mahsulot sifati; ishga kelmaslik eki kechiqishlar soni; ishchilar va mijozlardan tushgan shikoyat va davolar soni; ishlarni muddatid yoki kechikib bajarish; uskunalar bilan ehtietkorsiz yoki beparvolik bilan ishlash; ishdagi tanafuslar tezligi. Quyida taklif qilingan savollar jamoadagi muhitni baholashga yordam beradi: sizga ishingiz yoqadmi? siz ishingizni almashtirni hohlaysizi? agar sizga hozir ish qidirishni taklif qilishsa, siz tanlovni o'z ishingizni tanlarmidingiz? sizni ish joyingiz sharoiti qoniqtiradmi? sizni ishingiz qiziqarli va turli tumanmi? sizni ishdagi jihoz va uskunalar bilan ta'minlanganlik qoniqtiradimi? sizni ish haqi qanoatlantiradimi? Siz o'z malakangizni oshirish imkoniyatiga egamisiz? Bunday imkoniyatdan foydalanishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga