Jismoniy tarbiya darslarida umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni me'yorlash Reja: Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish rejimini me'yorlash 7-8 yoshli o'quvchilrni jismoniy mashqlarini me'yorlash 9-10 yoshli o'quvchilrni jismoniy mashqlarini me'yorlash hozirgi kunda umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish rejimini aniq me'yorlashda bazi qiyinchiliklar tugilsada, lekin ularning taxminiy miqdorlarini berish mumkin. Jismoniy tarbiya darslaridagi mashqlar majmuini me'yorlashda organizmda energiyaning sarflanish miqdori, mashqlarning takrorlanish soni, davom etish muddati va ularni bajarish davomiyligiga etibor beriladi. 7-8 yoshli bolalar bilan o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida sarflangan energiya, organizmning kislarodni maksimal darajada kabul qilishi 15 ga, 9-10 yoshli maktab o'quvchilarida esa 13 ga tengdir. Shuning uchun mashqlarni bajarish davomiyligi fiziologik jarayonlarning ritmik bog'liqligiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi lozim. Energiya sarf qilishning umumiy miqdorini adabiyotlarda kursatilganidek hisoblash mumkin bulsa-da, ayrim mashqlarni baholashda ularni kullab bulmaydi. Shuningdek, o'quvchilar tomonidan jismoniy mashqlar bajarilganda kancha energiya sarflanishini baholashda kislarod kabul qilish tugisidagi ma'lumotlar orqali aniq hisoblash mumkin. Shu munosabat bilan biz o'tkazgan tajribalarimizda 7-10 yoshli o'quvchilar orginizmining kislarodga bo'lgan talabi, yurak kon-tomir urishining (YuKTU) o'zgarishi, harakat chastotasini (x.ch) va nafas olish chastotasini siklik mashqlar (yurish, sekin yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va harakatli o'yinlar) bajarish davomida anikladik, hamda jismoniy tarbiya darslarida beriladigan jismoniy yuklamalarning rejalashtirilishini asosladik. Umumiy mashqlarni rivojlantiruvchi mashqlarni me'yorlash 7-8 yoshli bolalarda 1 dakikada 120 kadam tashlab yurilganda, kislarod istemol qilish 406,3 mldakikani tashkil kildi, tinch holatda esa bu ko'rsatkich 156,8 mldakikaga tengdir. Kislarod istemol qilish xajmini yurish vaqtidagi istemol qilingan kislarod orqali aniqlash mumkin. Bunda 1 dakika mobaynida yurilganda, kislarod istemol qilinishi 406, 3 - 156,8 = 249,5 mldakikaga teng bo'ladi. Demak, gavdaning 1 kg vaznga (o'rtacha ogirligi 24 kg) yurish paytidagi kislarod oranizmdagi 5 kkal energiya sarf qiladi, 10,4 ml dakikaga kg uchun istemol qilingan energiya sarf qiladi, 10, 48x5=52,0 kkaldakikaga kg kalloriyaga teng bo'ladi. 9-10 yoshli o'quvchilar 1 dakikada 125-130 kadam tashlab yurganda kislarod istemol qilish 410,2 mldakikani tashkil kildi, tinch holatda esa 157, 6 mldakikaga tengdir. 1 dakikaga yurilganda kislarod istemol qilinishi 410,2-157,6=252,6 ml dakikaga barobar bulsa, istemol qilingan kislarod 252,6:29=8,71 mldakika kg bo'ladi va 8,71x5=43,5 kichik kal dakikaga kg kalloriyaga yoki 0,0435 kkalga tengdir. 7-8 yoshli maktab o'quvchilari sekin yugurish vaqtida 21,77 mldakika kg kislarodni istemol kildi, tinch holatdagi kabul kilingani olib tashlansa, 21,7 - 5,5=16,2 mldakikaga kg ga teng bo'ladi. Shunga muvofik, energiya sarflash 16,2 x 5 = 81,0 kichik kaldakika kg yoki 0,0810 kkalloriyaga tengdir. 9-10 yoshli bolalarda sekin yugurish vaqtida energiya sarflashkam bo'lib, 20,4+75 mldakika kg kislarodni istemol qiladi. Bundan tinch holatdagisi olib tashlansa, 20,4-5,5=14,9 ml dakika kg ga tengdir. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.3 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.3 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: doc