Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ta'lim metodlari

Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ta'lim metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ta'lim metodlari - rasmi

Material tavsifi

«Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ta'lim metodlari» Reja: Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ta'lim metodlari O'qitishning metodlari Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ta'lim metodlari Jismoniy tarbiyaning o'qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va harakat faoliyatlari o'qituvchidan o'qitishga xos malum usullar va uslubiyatlar (metodlar)ni bilishni talab etadi. ta'lim (o'qitish)ning uslublari ko'p bo'lishiga qaramay ularning hech biri universal emas. ta'lim metodlarining tavsifini bilish bu uslublar tarkibidan qulayini tanlab olishga, o'qitish vazifalarini hal qilish uchun nisbatan samaralilarini ajratib olishga imkon beradi. M e t o d - faoliyatning shunday usuliki, turli sharoitda, turli xildagi shug'ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni hal etish imkoniyati bo'ladi. Masalan: ko'rgazmalilik metodi bilan harakat faoliyatlarini tanishtirish, uni takomillashtirishning(turli yoshdagi o'quvchilar, kattalar bilan ishlashda) turli xildagi ta'lim vazifalarini hal qilish mumkin. M e t o d i k u s u l - bu pedagogning shunday ta'sir faoliyatiki, o'qitishning qandaydir malum bir sharoitida ta'limning xususiy vazif alarini (yoki uning bir qismini) hal etish uchun qo'llaniladi. Masalan: mashqni o'quvchiga yonlamasiga-o'zi yon tomoni bilan turib ko'rsatishi. o'z navbatida, agar metodlar kompleksi(so'z bilan ifodalash, kurgaz malilik va amaliy urgana boshlash) orqali qo'yilgan vazifani xal qilish mumkin bo'lsa (masalan, sakrashga o'rganishini), unda metodik usullar tizimi ta'limning aniq bir sharoititda metodlarni amalga oshirish, qo'llashdek xizmatlarni utaydi (masalan, sakrashni ko'rsatishda profillik ko'rsatishni yoki old ko'rinishi, qolaversa, ikkala metodik usulni xam qo'llashga tug'ri keladi). Har bir metodning turli xil metodik usullari bo'lishi mumkin. Ular son-sanoqsiz darajada ko'p bo'lib, malum vaqt mobaynida ayrimlari yo'q bo'lib ketsa, ayrimlarining ko'rinishlari o'zgaradi, o'qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati natijasida yangilari xam vujudga kelib, amalda qo'llaniladi. Ko'pincha o'qitish darajasiga xos metodik usullar hajmini o'qituvchi (trener) tomoni dan ko'p bilish orqaligina farqlash mumkin. Tajribasiz o'qituvchilarda bazan uslubiyat - metodik usulning tashqi alomatlarini o'zida mujassamlagandek ko'rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo'laklarga ajratib o'rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib keladi, natijalar kutilganday bo'lmaydi. Bu usul ko'p holda metodik usulga o'xshash bo'ladi. ta'limning metodlariga qo'yilgan umumiy talablar. Har qanday konkret holatda u yoki bu metodni maqsadga muvofiq holda qo'llash qator talablarga rioya qilishni taqazo etadi: 1. Metodning i l m i y a s o s l a n g a n l i g i (oliy nerv faoliyati). 2. Qo'yilgan v a z i f a g a o' q i t i sh n i n g m u v o f i q l i g i . Aniq vazifalarning oldindan belgilanmasligi ta'lim metodalarini to'g'ri tanlash imkonini bermaydi. Misol, darsda kozyoldan oyoqlarni kerib tayanib sakrashni o'rgatish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.52 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.52 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga