RYeJA: Jismoniy tarbiya kadrlarining professional tuzilishi. Oliy va o'rta ma'lumotli jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash tizimi. Kadrlarning malakasini oshirish, jamoatchi kadrlarni tayyorlash Mamlakatimiz jismoniy tarbiya xarkatini rivojlantirishda va uni boshqarish funksiyasida mutaxasis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Oliy va o'rta ma'lumotli jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlashda Ukraina, Belorussiya va boshqa ittifoqchi mamlakatlardagi jismoniy tarbiya institutlari, fakultetlari, jismoniy tarbiya kollejlari va pedagogika kollejlari katta xizmat qilmoqda. Mamlakatimizdagi 27 ta jismoniy tarbiya institutlari, 96 ta jismoniy tarbiya fakulteti va 70 dan ortiq jismoniy tarbiya va pedagogika kollejlari yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. Jismoniy tarbiya kadrlari asosan 3 turga bo'linadi: 1.Jismoniy tarbiya o'qituvchilari 2.Sport turlaridan trenerlar 3. Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha instruktor - metodistlar (tashkilotchi) Bu kadrlarni tayyorlashda barcha o'quv yurtlarida maxsus rejasi xizmat qiladi. O'quv rejasida asosan sport turlari bo'yicha malaka hosil qilish, nazariy bilmilarni egallash hamda biologik jarayonlar asos qilib olinadi. O'quv rejasidagi mutaxasislik sport turi kadr tayyorlashda asos bo'lib hisoblanadi. Shuningdek sportda amaliy natijalarga erishish uchun xakamlik qoidalarini o'rganish talabalar uchun asosiy faoliyat bo'lib, pedagogik amaliyotlar jarayonida mustahkamlanadi. Xar bir mutaxassisga oliy va o'rta ma'lumot haqida diplom beriladi. Jismoniy tarbiya sohasidagi kadrlar har besh yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, institutlari va kurslarida o'tkaziladi. Jismoniy tarbiya institutlari qoshida malaka oshirish fakultetlari mavjud. Bundan maxsus o'rta va oliy o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya o'qituvchilari 2 oy davomida malakalarini oshiradi. Bu fakultetlarda fiziologiya, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish, siyosiy iqtisod, turizm va shunga o'xshash fanlar hamda gimnastika, yengil atletika, sport o'yinlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi nazariy bilimlar va amaliy mashg'ulotlar bilan kadrlarni qayta qurollantirish va yangiliklardan xabardor qilishdan iborat. Ittifoqchi Respublikalar, tumanlar va yirik shaharlarda xalq maorif sohasida malaka oshirish institutlari mavjud. Bu institut qoshida jismoniy tarbiya xonalari mavjud. Bu xonalarda jismoniy tarbiya o'qituvchilari har besh yilda 1 marta bir oy davomida malaka oshiradi. Bu kurslarning asosiy vazifasi ilg'or tajribalar bilan tanishtirish jismoniy tarbiya darsini o'tkazish metodlarining yangi uchullari bilan qurollantirish, ularni rejalashtirish, darsdan tashqari bo'ladigan ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarining asosiy formalari bilan tanishtiradi. Asosan malaka oshirish institutlariga tanilgan o'qituvchilar yuboriladi. Ular bir oy davomida malakasini oshiradilar. Kanikul paytlarida fevral va martlarda konferensiyalar orqali ham malakalarini oshirib boradilar. Malaka oshirishning eng yaxshi formasidan biri o'qituvchi o'z ustida ishlashi kerak. Sport tashkilotlarda, korxonalarda va turli muassasalarda xizmat qiladigan jismoniy tarbiya xodimlari xar yili sport jamiyatlarining kengashining maxsus seminarlarida qatnashib, malaka oshiradi. Sport maktablarining rahbarlari va trenerlari tuman va Respublika malaka oshirish institutida har besh yilda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.84 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.84 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: doc