Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti RYeJA: 1. Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatini rivojlanishining davrlari 3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatiningboshqa fanlar bilan bog'liqligi 4. Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo'naltirilgan o'quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o'rgatadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagk amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko'nikmalari zahirasini boyitadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot ma'lumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun xam jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o'zgarmas ma'lumotlardan iborat bo'lishi mumkin emas. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati ijtimoiy, tabiiy, pedagogika fanlari erishgan yutuklarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizi tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, tamoillardan usuliyatlardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun xam bu qonunlar, qoidalar moe keladi va o'ziga xos mano kasb etadi. O'quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a'zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi za unga intilish sabab bo'ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishligi isbotlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining mazmuniga kuyidagilar kiradi: - jismoniy tarbiya za uni ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat mahsuli tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog'liqligiga oid bilimlar; - jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari; - jismoniy tarbiyaning vositalari va uni usuliyatlarining tamoillari; - harakatga o'rgatish, o'qitishning uslubiyatlari; - jismoniy sifatlarni rivojlantirish; - jismoniy mashqlar va uni o'qitish jarayonining tuzil i shi; - jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlarini tashkillashning shakllari; - jismoniy tarbiya jarayoni va uni rejalashtirish; - jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari; - maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi; - sport trenirovkasi jarayoni xarakteristika. Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o'rganish pred meti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, o'smirlar, yoshlar, o'rta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiya usuliyatlari jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini xam o'rganish predmeta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.9 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.9 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: doc