Jismoniy tarbiya o'qituvchisida zamonaviy pedagogik texnologiyani tarkib toptirish

Jismoniy tarbiya o'qituvchisida zamonaviy pedagogik texnologiyani tarkib toptirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya o'qituvchisida zamonaviy pedagogik texnologiyani tarkib toptirish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Jismoniy tarbiya o'qituvchisida zamonaviy pedagogik texnologiyani tarkib toptirishning pedagogik muammo sifatida Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari turli davrlarda turlicha tashkil etish Respublikamizda amalga oshirilayotgan «ta'lim to'g'risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy maqsadi ta'lim tizimini jahon talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo'lib, bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan asosiy yo'nalishlardan biri o'quvchilar jismoniy tarbiya bo'yicha tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat. Mamlakatimizda izchil ravishda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy g'oyasi barkamol kasb egasini tarbiyalashdan iboratdir. Islohotlar natijasi sifatida shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini tarbiyalash umumiy o'rta ta'lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada o'quvchilarning darsdan tashqari mashg'ulotlarini samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligining dastlabki davrlaridanoq jahon taraqqiyotida muhim o'ringa ega milliy ma'naviyatimiz asosida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy etibor yosh avlodni barkamol, ma'naviy va jismonan sog'lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilganligi milliy an'analarimiz, mentalitetimizning o'ziga xos ifodalanishidir. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va Respublikamizda izchil amalga oshirib borilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modeli bugungi kunda jahon miqyosida etirof etildi va o'zining dastlabki natijalarini bermoqda. Biroq, qayd etilgan yutuqlar bilan birga, jismoniy tarbiya bo'yicha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish uchun to'laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan, o'quvchilarning jismoniy tarbiya bo'yicha bilim va ko'nikmalarini dars jarayonida shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg'ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yo'naltirilganlik etarlicha o'z aksini topmay kelmoqda. Mazkur muammo uzoq yillar davomida pedagog olimlar tomonidan Respublikada va xorijda keng tadqiq etilgan. Jumladan, Atutov P.R., Bato'shev S.Ya., Bespalko V.P., Matveev L.P., Minaev B.N., Shiyan B.M., Ataev A.K., Abdullaev A., Yarashev K., Koralevskiy V.V., Korotova I.V., Mitronin V.P., Kryuchkov A.F., Txorjevskiy D.A. va boshqalar muammoning texnologik asoslari, jismoniy tarbiya darslarini, darsdan tashqari ishlarini hamda yoshlarning faoliyatini nazariy ta'lim bilan bog'lab olib borish masalalarini o'z ilmiy tadqiqot ishlarida yoritganlar. O'quvchilarni jismoniy tayyorgarlikga yo'llash ishlarida ularning ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Pedagog olimlarning fikrlarini tahlil qilib, tadqiqotimizning eksperiment natijalariga tayangan holda biz maktabda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarni jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo'naltirishda texnik ijodkorlik va qishloq xo'jalik tajribachiligining rivojlanishi o'quvchilarning g'oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi birligi asosida ularni milliy mafkuramiz asosida tarbiyalashga majmuaviy yondoshish g'oyalarini amalga oshirishda yordam beradi degan xulosaga keldik. Bunda bizning tadqiqot ishimiz natijasiga ko'ra maktab pedagogika kengashi va o'quvchilar tashkilotlari ilmiy-texnik, tajribachilik, izlanish ishlarini rivojlantirishga umumiy rahbarlikni amalga oshirsa, mehnat o'qituvchisi ota-onalar va o'quvchilar faollari bilan hamkorlikda maktabda to'garaklarni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.65 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.65 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga