Jismoniy tarbiya ta'limi, uning vazifalari va xususiyatlari Reja: 1.Harakatlarni uddalay olish qobiliyati va harakat malakasi 2.Harakatni bajarishning oliy maqomi O'quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta'limi muhim o'rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning malu.m bo'lagini bajarishga o'rgatiladi, jarayon mashq qilish - takrorlash orqali amlga oshiriladi va shug'ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish - tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o'zlashtirish va uni o'quvchiga, shug'ullanuvchiga uzatishni uyushtirilishini yo'lga qo'yishdan iboratdir. O'qitish praktikasida «harakat faoliyati ta'limi», «harakatga o'rgatish», «harakat malakasi», «harakat ko'nikmasi», «nazariy bilim», «qila bilish», «tarbiyalash», «rivbjlantirish» va hokazodek atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd kilinganidek jismoniy ma'lumot berishdek maqsadni amalga oshiradi. «Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o'rganish», nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. «Harakat faoliyatini o'rganish» (yoki jismoniy mashqni o'qitish) atamasi harakat faoliyati aniq bo'lib uning nazariy bilimi ham berilganda qo'llaniladi. Harakat faoliyatini o'qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko'nikma vujudga keladi, bir vaqtning o'zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, muskullar egiluvchanligi va bo'g'inlar harakatchanligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogik jarayonda etibor aniq bir narsaga, ta'limga - malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Harakat faoliyatini o'qitishning xususiyatlari Harakat faoliyatini o'qitish jarayonida fakatgina bilim berish va larbiyalash vazifalari ko'shib hal kilinmay, sog'lomlatirish xususiyatiga oid vazifalar ham xal qilinadi. Hech qaysi umumta'lim predmetida bunchalar yakkol namoyon bo'lmaydigan sog'lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o'qitishda yorqin namayon bo'ladi. Harakat faoliyatini o'qitishda bilim berish vazifalari ham o'zini xususiyatlariga ega. o'quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi komponenti o'quvchilarning aktiv harakat faoliyatidir. Ularning o'quv-mehnat faoliyati hammadan avval potentsial jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O'quvchining o'quv faoliyatining ayrim qonuniyatlarini bilish, insonning ish qobiliyatining umumiy qonuniyatlarini hisobga olish kerakligini taqazo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha faktorlarga bog'liq: avlodidan (ota-onasidan) meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to'plangan tajribalar va malum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu faktorlar qanchalar yaxshi rivojlangan bo'lsa, inson shunchalar katta ishchanlik (qobiliyati)ni namoyon kila oladi. Odatdagi sharoitda inson o'zining ish qobiliyatining bir qismidangina foydalana oladi xolos. Zahirasidagi deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib ko'yilgan maksimal talablarga javob berishda namayon bo'lishi mumkin. Odatdagidan tashqari tashqi sharoit muhim rezerv ish qobiliyatining namoyon bo'lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, odamning qobiliyatni maksimal mobilizatsiya qila bilishni tarbiyalaydi. Maksimal mobilizatsiya qobiliyatini rivojlantirish, o'z navbatida, sharoitga bog'lik. Harakat faoliyatini o'qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shaqlantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o'quvchi jismoniy tayyorgarligining xarakterini belgilaydi. Maktab o'quvchilari jismoniy tarbiya dasturidagi harakat faoliyatlari tizimi hayotiy-amaliyligi pritsipiga amal qilingan holda shunday tanlab ajratilganki, ularning ko'pchiligini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.8 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.8 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: doc