Jismoniy tarbiya ta'limining usuliyatlari

Jismoniy tarbiya ta'limining usuliyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya ta'limining usuliyatlari - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya ta'limining usuliyatlari RYeJA: 1. So'zdan foydalanish usuliyati 2. Harakatyai ko'rsatish orqali his kildirish usuliyatlari 3. Amaliy usuliyatlar Jismoniy tarbiyaning o'qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va harakat faoliyatlari o'qituvchidan o'qitishga xos malum usullar va usuliyatlarni bilishni talab etadi. ta'lim (o'qitish)ning usuliyatlari ko'p bo'lishiga qaramay ularning hech biri universal emas. ta'lim usuliyatlarining tavsifini bilish bu uslublar tarkibidan qulayini tanlab olishga, o'qitish vazifalarini hal qilish uchun nisbatan samaralilarini ajratib olishga imkon beradi. O'qitish jarayonining turli sharoitda, turli xildagi shug'ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni hal etish imkoniyatini beradigan va tarbiyachi yoki murabbiy ko'llaydigan faoliyatni usuliyat deb atash qabul qilingan bo'ladi. Masalan: ko'rgazmalilik bilan harakat faoliyatlari bilan tanishtirish, ularni turli yoshdagi o'quvchilar, kattalarda takomillashtirishdek turli xildagi ta'lim vazifalarini oson xal qilishda foydalanish mumkin. Usul - bu pedagogning shunday ta'sir faoliyatiki, o'qitishning qandaydir malum bir sharoitida ta'limning xususiy vazifalarini (yoki o'sha vazifalarni biror kismini) oson xal etish uchun qo'llaniladi. Masalan: mashqni o'quvchiga yonlamasiga-o'zi yon tomoni bilan turib ko'rsatishi o'quvchiga to'g'ri turib ko'rsatgandan yaxshiroq samara beradi. Tushuncha oson hal bo'ladi. Har bir metodning turli xil metodik usullari bo'lishi mumkin. Ular son-sanoqsiz darajada ko'p bo'lib, malum vaqt mobaynida ayrimlari yo'k bo'lib ketsa, ayrimlarining ko'rinishlari o'zgaradi, o'qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati natijasida yangilari ham vujudga kelib, amalda ko'llaniladi. Ko'pincha o'qitish darajasiga xos metodik usullar hajmini o'qituvchi, murabbiyni ko'proq bilishi ularning faoliyatiga baho berishda muhim rol o'ynaydi. Tajribasiz o'qituvchilarda bazan usuliyat - metodik usulning tashqi alomatlarini o'zida mujassamlagandek ko'rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo'laklarga ajratib o'rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib keladi, natijalar kutilganday bo'lmaydi. Bu usul ko'p holda metodik usulga o'xshash bo'ladi. Aslida u yangi harakatni o'zlashtirishda qo'llaniladigan asosiy usuliyatdir. ta'limning usuliyatlariga ko'yilgan umumiy talablar. Har qanday konkret holatda u yoki bu usuliyatni maqsadga muvofik holda qo'llash qator talablarga rioya qilishni taqazo etadi: 1. Usuliyat albatta ilmiy asoslangan bo'lishligi (oliy nerv faoliyati) muvofikligi. , 2. Ko'yilgan vazifaga o'qitishning usuliyatini muvofikligi. Vazifagarning oldindan aniq belgilanmasligi ta'lim usuliyatlarini to'g'ri tanlash imkonini bermaydi. Misol, darsda kozyoldan oeqlarni kerib tayanib sakrashni o'rgatish (o'qitish) vazifasi qo'yilgan bo'lsa, usuliyatni tanlash mumkin bo'lmay qoladi (bo'laklarga ajratish bilan va harakatni to'la bajarish bilan o'qitish metodlariga tayanish mumkin xolos). Nisbatan aniq vazifa, masalan, kozyoldan oyoqlarni kerib sakrashda qo'llar bilan depsinishni o'rgatish kuyilsa, mashqni bo'laklarga ajratish bilan o'rgatish usutiyatini qo'llashga imkoniyat paydo bo'ladi. 3. ta'lim usuliyatini o'qitish jarayoiida tarbiyalash xarakterniy shakllantirishi. Har bir tanlangan usuliyat aynan shu harakat faoliyatini o'qitishning faqat effektini ta'minlash nuqtai nazaridangina baholanmay, tarbiya vazifalari pozitsiyasi talabiga qarab xam baholanishi zarur. 4. Usuliyatlarning ko'llanishi ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.72 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.72 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga