Jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishi tarixi, umumiy prinsiplari, ularni mashg'ulotlar jarayonida amalga oshirish

Jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishi tarixi, umumiy prinsiplari, ularni mashg'ulotlar jarayonida amalga oshirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishi tarixi, umumiy prinsiplari, ularni mashg'ulotlar jarayonida amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya tizimi Reja: 1. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya 2. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya 3.Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko'zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat azosini manan boy va har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga moe bo'lsin (A.D. Novikov 1967). Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yo'lga ko'yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo'yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining obyektiv xususiyatlari namoyon bo'ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Vatan mudofaasiga tayyorgarligining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, O'zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O'zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning aktiv quruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib arbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Jismoniy-madaniy, ma'naviy va ommaviy-teatrlashtirilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy ahamiyati bepoyondir. Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta ahamiyaga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning kaysi yo'ldan ketayotganligi, yo'nalishini, fizkultura amaliyoti, vazifalarini hal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim (ma'lumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari hal qilinsa, uning hayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo'lsa-da, inson jismi madaniyati uchun o'rnini almashtira olmaydi. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko'rsatkichlar bilan baholanadi: - jamiyat a'zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; - jamiyat a'zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan; - jismi madaniyatining mashg'ulotlarining moddiy-texnik ta'minlanganligi va ularni sifati bilan; - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyam va faolligi va iqtidori bilan; -jamiyat a'zolarining sportdagi natijalari bilan baxrlanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo'lishi kerakligi talabini qo'ymoqda. Har bir millat, elat o'zining paxlavonlari, jismonan barkamol o'g'lonlari bilan faxrlanishgan. O'z farzandlarini xalq og'zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go'ro'g'li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo'lishlarini orzu qilganlar. Jisman barkamollik - tarixan o'zgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun o'zining ideal tasnifiga ega bo'lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda obyektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt g'oyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan. Jismonan barkamollik salomatlikning me'yori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga