Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi

Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi Reja: Jismoniy tarbiya va sportdagi faoliyatining o'ziga xos xususiyatli sharoitlari quyidagi xususiyatlari bilan ifoda etiladi. Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasining metodlari Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasining oliy jismoniy tarbiya ta'limi tizimidagi ahamiyati Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi yuzaga kelishi va hozirgi holati haqida qisqa axborot Jismoniy tarbiya va sportdagi faoliyatining o'ziga xos xususiyatli sharoitlari quyidagi xususiyatlari bilan ifoda etiladi. Faoliyat predmeti sifatida odamning o'zi, sportchining o'zi xizmat qiladi. U faoliyatning faqat subyekti emas, balki obyekti ham hisoblanadi va faqatgina boshqa odamlar uchun emas (jismoniy tarbiya o'qituvchilari, murabbiylar, hakamlar, sheriklari va sportdagi raqiblari), balki o'zi uchun ham. Jismoniy tarbiyada ham va sportda ham faoliyat tarbiyaning umumiy vazifasini hal etishga qaratilgan eng erta bolalik chog'idan boshlab jismoniy va ma'naviy kuchlarini barkamol rivojlantirish bilan yosh avlodni tarbiyalash. Jismoniy tarbiya ayniqsa sport odatdan tashqari, ko'pincha kuchli jismoniy va psixik keskinlik bilan bog'liq bo'ladi. Sport faoliyatining mazmuni musobaqalar hisoblanadi. Jismoniy tarbiyada faoliyat mahsuloti insonning barkamol-jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga qaratilgan sog'lomlashtirish, ta'lim berish va tarbiyalash natijasi sifatida ishtirok etadi. Sportda esa faoliyat mahsuloti sportdagi yutuqlari, ko'pincha rekordlar (turli ahamiyatdagi sportchi uchun shaxsiy bo'lgandan tortib jahon rekordigacha) ham hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportda shaxs faoliyatini o'rganish, yani ijtimoiy, ongli, amaliy, idrok etuvchi, umumlashtiruvchi, yaratuvchi, o'zgartiruvchi, hayajonlanuvchi, o'zini va boshqa odamlarni va qaerda mumkin bo'lsa faoliyat sharoitlarini boshqaruvchi mavjudod sifatida odamni faoliyatini o'rganish ongi va faoliyati yaxlitligi, shaxsiy yondoshish, prinsiplariga hamda tarixiylik va rivojlanish tamoyillarini asoslanadi. Ana shu tamoyillarga binoan shaxs uning yashash sharoitlari, faoliyati umumiy va aniq sharoitlari (ushbu holatda jismoniy tarbiya va sport) uning psixikasi rivojlanadigan, takomillashadigan, o'zgaradigan, shaxsning psixik tuzilishi yaratiladigan ijtimoiy-tarixiy jarayoni, odam ijtimoiy rivojlanish faol namoyondasi sifatida o'zi ishtirok etadian jarayonning subyekti sifatida qaraladi. Nihoyat, jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi nazariya va amaliyotning yaxlitligi tamoyiliga asoslanadi. Ana shu sababli jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi faqat nazariy psixologik bilimlar maxsus sohasi sifatida emas, balki o'zining nazariyasini jismoniy tarbiya va sport amaliyotini o'rganishga asoslanib quruvchi va shu bilan bir vaqtda bu amaliyotga bevosita yordam ko'rsatuvchi, misol uchun sport jamoalarini sport musobaqalariga tayyorlash amaliyotida, maktabda jismoniy tarbiya metodikasini qurish amaliyotida va boshqalarda yordam ko'rsatuvchi amaliy fan sifatida ham ishtirok etadi. Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasining psixologiya fani boshqa sohalari bilan aloqalari. Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi birinchi navbatda psixologiya fani hamma maxsus sohalarining otasi va asosi bo'lgan umumiy psixologiya bilan bog'liqdir. Ammo u nafaqat hayotga yo'llab va ularni umumlashtirilgan psixologik bilimlari bilan oziqlantiradi, balki o'zi ham psixologik muammolarni ishlab chiqish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.4 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.4 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga