Reja: havaskorlik jismoniy tarbiya harakatini tashkil qilish formalarining umumiy tushunchasi. Jismoniy tarbiya va sport, turizmning ommaviyligini oshirishda kasaba uyushmaning roli. O'z turizm qoshidagi turizm va ekskursiya bo'yicha markaziy kengash. Mamlakatimiz mehnatkashlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnatini muhofaza qilish, ish unumdorligini takomillashtirishda g'amxo'rlik qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Kasaba uyushmalar faoliyatida madaniyat va sport, sog'likni saqlash maorif va boshqa sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport hamda turizm alohida o'rin tutadi. Chunki mamlakatimiz kishilarini dam olishi, xordiq chiqarishi va turli sport tadbirlarida ularning faol qatnashishiga bevosita yordam beruvchi tegishli sharoitlar yaratuvchi tashkilotlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini yo'lga quyish, sport inshootlarini qurish, sog'lomlashtirish va sport oromgohlarini tashkil qilishda kasaba uyushmalarni katta xizmat qilib kelmoqda. Natijada jismoniy tarbiya va sport hamda turizm bilan shug'ullanuvchi kishilar ommasi butun aholining (ishga yaroqli) malum qismini tashkil etadi Bu esa jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi butun aholining yarmidan ko'pini tashkil etadi. Shu sababli mehnatkashlarga moddiy texnik bazalarini yaratib berish, jamoatchi instruktorlar, trenerlar tayyorlash sport musobaqalarini o'tkazish aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ibot qilish vazifalari kasaba uyushma tashkilotlarining zimmasiga yuklatiladi. O'zbekiston mustaqilligi davrida tashkil topgan dastlabki kunlaridanoq kasaba uyushma tashkilotlari mamlakatimiz kishilarining sog'ligi, bilim olishi, turmush farovonligini yaxshilash bo'yicha g'amxo'rlik qiladi. Yirik kasaba uyushma tashkilotlarida sport klublar, sport jamoalari tashkil qilingan. Kasaba uyushmalar sport musobaqalarni alohida qilib o'tkazib kelmoqda. Bu faoliyatlar domiy ravishda o'tkazilib borildi. Bu faoliyat har xil musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazishga olib kelindi. O'tkazilayotgan sport musobaqalari kasaba uyushmalarga bo'ysunadi. Musobaqalar o'tkazish uchun musobaqa nizomi tuziladi va unga amal qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport rivojlanishida kasaba uyushma tashkilotlaridan tashqari turli tashkilotlar ham ishtirok etadi. Mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama jismoniy yetuk, barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Alpomish va Barchinoy test me'yorlarini topshirish uchun nizomlar ishlab chiqildi va shu asosda test me'yorlarini topshiradilar. Turizm va ekskursiya ishlari bo'yicha mustaqil tashkilot sifatida ish tutadi. Turizm kengashlari o'quvchi yoshlar, mehnatkashlar va aholi o'rtasida turli sayohatlar ekskursiyalar va turistik poxodlarni tashkil qilishda rahbarlik qiladi. Mamlakatda havaskorlik va sport ishlariga rahbarlik qilishda davlat va hukumat tomonidan chiqarilgan qarorlarni amalga oshirish, davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarning kundalik turmushga jismoniy tarbiya va sport, turizmni tobora singdirishga kasaba uyushma va turistik tashkilotlar bilan birgalikda faol olib boradi. Vatanimiz yoshlarini va harbiy xizmatdagi yoshlarni Vatanni mudofaa qilishga taaluqli bo'lgan sohalar bo'yicha xizmat qiladi. Bunda sportning texnik turlari (parashyut, o'q otish, radio texnika va x.k) sport texnik bo'yicha musobaqa o'tkazish, moddiy texnik bazasini yaratish va shu sohalar bo'yicha aholi o'rtasida targ'ibot ishlarini olib borish. Jismoniy tarbiya va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.5 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.5 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: doc