Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-psixologik muammolari

Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-psixologik muammolari

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-psixologik muammolari - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-psixologik muammolari Reja: Sport guruhi, jamoasi, komandasi haqida umumiy tushunchalar Sport komandasining rivojlanishi. Jamoa sport komandasining rivojlanishi oliy darajasi sifatida. Sport komandasi rahbarlik va yetakchilik Murabbiyning rahbar sifatida obro'si va qiyofasi. Komandada psixologik muhit va shaxslararo munosabatlar Sport guruhlari haqida umumiy tushunchalar. Ijtimoiy psixologiyada guruh tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. Guruh deganda jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tashkil etuvchi element ham qanday odamlar to'plami, ularning har qanday birlashmalari nazarda tutiladi. Guruhlarning turlaridan birini sport guruhlari tashkil etadi, bu guruhda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi odamlar birlashadilar. Sport guruhlari mamlakatimiz hayotida kata o'rin egallaydi. Ularga ko'plab turli yoshdagi sport bilan shug'ullanuvchi odamlar jalb etilgan. Sport guruhlari boshqa guruhlar kabi «shaxs - jamiyat tizimida oraliq bir qismni tashkil etadi. Ular sportchining mikromuhitini tashkil etadi. Ularning dinamikasi qonuniyatlari jamiyatning sinfli tuzilishi va undagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Sport komandasi sport guruhining bir turi sifatida. Sport faoliyati bilan shug'ullanuvchi fizkulturachilar yoki sportchi-razryadchilarini birlashtiruvchi sport komandasi sport guruhlari turlaridan biridir. Sport komandalarining turlari juda katta - mahalla komanlaridan tortib mamlakati va olimpiya terma komandalarigacha. Ijtimoiy-psixologik turlardan kelib chiqib sport komandasi kichik tashkiliy guruhga kiradi. U unga ko'p bo'lmagan sonli sportchilarni (ikki kishidan bir necha o'nlargacha) qamrab oluvchi ijtimoiy jamoadan iborat. Uning hamma a'zolari o'rtasida sport faoliyati jarayonida real o'zaro aloqalar va munosabatlar mavjud bo'ladi. Sport komandasi odatda sportchilarni ixtiyoriy birlashtiradi: ularning hammasi sport mashg'ulotlaridan tashqari faoliyat boshqa turlari bilan mashg'ullar (mehnat, o'qish vash u kabilar). Sport komandasi har qanday kichik uyushgan guruh sifatida - bu uning a'zolari tashqi birlashishlari emas, balki yagona ijtimoiy organizmdir. Unda turli xildagi ijtimoiy-psixologik hodisalar yuzaga keladi, ularga faqatgina komanda sabab bo'lishi mumkin. Komandani tashkil etuvchi sportchilar doim uning boshqa a'zolarining ta'sirlarini his etadilar va shuning uchun guruhda o'zlarini boshqacha tutadilar. Sport komandasi sportchilarning intellektual, emotsional va irodaviy faolliklariga, ularning qarashlariga, ishonchlariga, xulqlariga ta'sir ko'rsatadi. Sport komandasining rivojlanishi. Sport komandasining hayoti asosiy qonuni uning dinamikasi hisoblanadi. Har qanday sport komandasi yoshiga va biografiyasiga ega. Komanda tashkil topadigan kun va u tarqalib ketadigan kun bo'ladi. Sport komandasining rivojlanishi yaqqol ifodalangan xususiyati - ularning tartiblari muntazam yangilanib borishi hisoblanadi. Bu bazan komandada kuchlar dinamik tengligini keskin og'irlashtirishi mumkin (yangi kelganlarning komandada o'z o'rinlariga ega bo'lishlari unchalik oson emas). Kuchlarni tengligini saqlab qolishda, ko'proq uni tiklashda yangilarga sport tajribasini, an'analarini, munosabatlar usullarini, ma'naviy qoidalarini etkazishni taminlovchi komandaning doimiy qismi asosiy rolni o'ynaydi. Sport komandasining rivojlanishi turli xildagi yo'naltirilgan tashkiliy va ideologik taqi ta'sirlar va sportchilar faoliyati hamda munosabatlarida yuzaga keladigan ichki jarayonlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga