Jismoniy tarbiya. Gigiyenik tarbiya. Sog'lom turmush tarzi va uning tarbiyadagi ahamiyati. O'qituvchilarni kasbga yo'naltirishda vrachlarning tutgan o'rni

Jismoniy tarbiya. Gigiyenik tarbiya. Sog'lom turmush tarzi va uning tarbiyadagi ahamiyati. O'qituvchilarni kasbga yo'naltirishda vrachlarning tutgan o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya. Gigiyenik tarbiya. Sog'lom turmush tarzi va uning tarbiyadagi ahamiyati. O'qituvchilarni kasbga yo'naltirishda vrachlarning tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Jismoniy tarbiya, uning sog'lom avlodni shakllantirishdagi tutgan o'rni. 2. gigiyenik tarbiya, uning yoshlar tarbiyasidagi roli. 3. Sog'lom turmush tarzi to'g'risida tushuncha. 4.O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda vrachlarning tutgan o'rni. 5. Sog'lom turmush tarzining asosiy e'lementlari va xavf omillar. Respublikamiz mutsaqillikka e'rishgandan keyin sog'lom avlodninng shaqlanishiga katta e''tibor berib kelmoqda. Sog'lom avlodning shakllanishidagi e'ng asosiy amillardan biri bu yoshlarning jismoniy tarbiyasi. Jismoniy tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismidir, u yoshlarni hamma tomonlama axloqiy, ruhiy tetiklikda tarbiyalashga yordam beradi. Jismoniy tarbiya natijasig'bu o'z navbatida umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Hozirgi yoshlarni zamon talabidagi ma'rifatli, ma'naviyatli qilib tarbiyalashning e'ng asosiy e'lementlaridan biri, bu jismoniy tarbiyadir. K.Marksning fikricha umumiy tarbiya- I aqliy,jismoniy va texnik tarbiyadan iborat. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi o'suvchi organizmning barcha a'zolarining sog'lom o'sishini ta'minlash hamda aqliy va jismoniy mehnatga,ayniqsa yigitlarni Vatan himoyasiga tayyorlashdir. Biz yoshlarga jismoniy tarbiyaning mohiyatini Alpomish, Go'r-o'g'li Paxlavon Mahmud va boshqa polvonlar siymosida misollar keltirib tushuntirib amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Abu Ali Ibn ham inson fazilatlaridan bir nechasini ko'rsatadi: -Jasurlik -biror ishni bajarishda kishining jasurligi,chidamliligi,inson boshiga tushgan yomonlikni to'xtatib turuvchi quvvat. -Aqllilik -biror ishni bajarishda shoshma shosharlik qilish dan saqlovchi quvvat. -Ziyraqlik-sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma'nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat. A.Navoiyning Farxod va SHirin dotsoni misolida ko'rsak ham Farxod aqliy tarbiya bilangina cheklanmasdan jismoniy va harbiy mashqlar bilan shug'ullanganligini ko'rsatadi. A.Avloniyning aytishicha Sog'lom fikr, yaxshi axloq va ilm ma'rifatga e'ga bo'lmoq uchun ham badanni tarbiya qilmoq zarur deydi Kimki sog'lom badanga e'ga bo'lsa,uning ishi kamchiliksiz, fikrlashi yaxshi,jismoniy va ruhiy tetik, mehnati unumli bo'ladi. Demak insonning aqliy, axloqiy va jismoniy kamoloti tariximizning hamma bosqichlarida ulug'langan va qadrlangan. Jismoniy tarbiya birinchi navbatda salomatlikni mutsahkamlaydi,ish qobilichtini oshiradi,umrni o'zaytiradi,qaddi qomatni tetik qiladi,kuch quvvat beradi va x. SHunday e'kan yoshlarni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalash bu bitta ota-ona, maktabning ishi e'mas, umumdavlat muammosi sanaladi,buni hal qilish uchun kompleks yondoshilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Jismoniy tarbiya mazmuni-jismoniy kamolat, jismoniy holat diagnotsikasi,jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma'lumot ishlarida ifodalanadi. Pedagogikada jismoniy kamolat deganda insondagi jismoniy ma'lumotning o'sishi borasidagi ma'lumotlar,ya'ni oddiydan murakkablikkacha tomon bo'ladigan o'zgarishlar tushuniladi. Jismoniy yetuklik deganda-badanning tashqi ko'rinishidagi garmoniya go'zallik shakli, jimoniy sifatlarining yuqori darajada kamolati tushuniladi. Jismoniy madaniyat-jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi va uning mazmuniga quyidagilar kiradi: Inson a'zolarining tuzilishi va ularning funktsional kamolati. O'quvchilarni sog'ligini mutsahkamlash. gigiyena qoidalariga ko'nikish. O'quvchini har tomonlama mahoratini oshirish. Bo'lajak ishchi-xizmatchilarni jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish. O'quvchilarda jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish. O'quvchining iroda, chidamlilik,qat'iyan intizom, do'tslik hissini kamol toptirish. SHaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.27 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.27 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga