Jismoniy yuklamani me'yorlashning pedagogik sohasi

Jismoniy yuklamani me'yorlashning pedagogik sohasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy yuklamani me'yorlashning pedagogik sohasi - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy yuklamani me'yorlashning pedagogik sohasi Reja: Yulama me'yori ta'rifi va ahamiyati Jismoniy mashqlarni yuklamalanishi Maktab o'quvchilariga beriladigan jismoniy yuklama haqida tushuncha Yuklama me'yori- bu muayyan xajm va tezliklar ulchamlarining yig'indisidir. me'yor - malum bir zaruriy vazifani xal qilish uchun aniq o'lcham hisoblanadi. boshqa so'zlar bilan aytganda, yuklama me'yori deb, jismoniy tarbiyada sog'liqni mustahkamlash, harakat ko'nikma va malakalarini egallash uchun harakat faolligi hamda jismoniy tayyorgarlikning eng makbul darajada ushlab turilishini ta'minlaydigan yuklama xajmi tushuniladi. Yuklama tushunchasi me'yorlashga yaqin tushuncha bo'lib, u aniq norma me'yorini belgilash uchun xizmat qiladi. Yuklamaning chegarali normasi quyidagi ulchamlaridan iborat: a) samarali rivojlantirish uchun: maksimal shiddatli kuchlanishga (qarshilikka) kura 50-80 % yoki qayta takrorlash soni 8- 20; seriyalar orligida 40-60 soniya, bitta mashg'ulotda xajmi xar bir mushak guruhiga 3-seriyadan xaftalik siklida 2-4 marta qisqa vaqtda takrorlash; b) samaradorlikni ushlab turish uchun: shiddati maksimalga ko'ra 50-80 % yoki qayta takrorlash soni 8-20; 20-30 soniya seriyalar oraligida, bitta mashg'ulotdagi xajmi 2 seriyada xar bir mushak guruhiga, xaftalik siklda 2-4 martadan qisqa vaqt ichida takrorlash. Jismoniy yuklamalarni bajara olish mumkin bo'lgan me'yordan bir oz oshirib yuborilsa, darxol shugullanuvchilarning salomatligiga zarar etish xavfi tugiladi va g'oyat zur salomatlashtirish omili bo'lgan jismoniy mashqlar salbiy natijalar berishi mumkin. Jismoniy mashqlarni bajara olish, bir tomondan, shugullanuvchilarning imkoniyatlariga bog'liq bulsa, ikkinchi tomondan, ularning uzlari uchun xos bo'lgan (bu muvofiklashtirishdagi murakkablik intilishning shiddati, kancha vaqt davom etishi va xokozo) xususiyatlarga, biron-bir mashqni bajarish paytida sodir buladigan obyektiv qiyinchiliklarga bog'liq bo'ladi. Ana shu ikki omilning (imkoniyat va qiyinchilik) bir-biriga tula muvofik kelishi bajara olishning optimal me'yorini ifoda etadi. Mana shu me'yorni aniq belglab olish va unga amal qilish jismoniy tarbiyaning eng muhim va murakkab muammolaridan biridir. Uni xal etish uchun kishining yoshi jihatdan ulgayib borishida turli bosqichlarida organizmning funksional imkoniyatlarini tula tasavvur etish, shuningdek, kishining jinsiga, individual xususiyatlariga va turli tashqi sharoitlariga aloqador bo'lgan mana shu imkoniyat chegarasini bilish: jismoniy tarbiyaning har xil vositalari va uslublari bilan organizmga qo'yiladigan talablarning xususiyatlari to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega bo'lish va ularni shugullanuvchining imkoniyatlari bilan amalda to'g'ri muvofiklashtira bilish lozim. o'qituvchi bajara olish me'yorini belgilar ekan, avvalo ilmiy ma'lumotlar va umumlashgan amaliy tajribalar asosida shugullanuvchilarning biron bir guruhi uchun belgilanadigan dastur va me'yoriy talablarga asoslanadi. Shugullanuvchining imkoniyatlari haqida (jismoniy tayyorgarlik normativlari to'g'risida) jismoniy tayyorgarlik normativlari asosida sinab ko'rish, tibbiy kurikdan o'tkazish va pedagogik kuzatishlar olib borish yo'li bilan aniq ma'lumotlar olinadi. o'qituvchi dastlabki ma'lumotlarga suyanib, dastur materialini aniklaydi (ayrim xollarda dastur mazmunini uning o'zi belgilaydi), mazkur bosqichda bajarish mumkin bo'lgan me'yorni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.43 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.43 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga