Jismoniy yuklamaning biologik sohasi

Jismoniy yuklamaning biologik sohasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy yuklamaning biologik sohasi - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy yuklamaning biologik sohasi Reja: Bolalar va o'smirlarni jismoniy tarbiyalashda yuklamaning ahamiyati. Jismoniy mashqlar fiziologik funksiyasi Jismoniy tarbiya darslarida jismoniy mashqlar yuklamasi Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida fiziologik va gigiyenik me'yorlashtirish hamda organizm holatini, rivojlanishini belgilovchi xamma asosiy omillar ishtirok etadilar. Bolalar va o'smirlarni jismoniy tarbiyalash vaqtida yuklamaning fiziologik me'yoriy aniklab olish muhim ahamiyatni kasb etadi. Mazkur vazifalarni xal qilishda har xil yoshdagi bolalar uchun yuklamani me'yorlashtirish mezonini ishlab chiqish muhimdir. Birok bu muhim vazifa xali xam fiziologik jihatdan etarli darajada urganilmagan. hozirgi kunda maktab yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya darslarda beriladigan mashqlarni me'yorlashda jismoniy yuklamalarning shiddat zonalari bo'yicha turkumlarga etibor berish xususidagi ilmiy asoslangan adabiyotlarga ega emasmiz. Jismoniy yuklamalarni taksimlashda va uni ilmiy asoslashda tekshiriluvchining funksional imkoniyatlari bo'yicha uch tomonlama yondashish mumkin: 1.Jismoniy yuklamani taksimlashda alohida fiziologik ko'rsatkichlarni kisman yurak-kon tomir tizimi bo'yicha kislorod talabi o'pka ventilyatsiyasi va boshqa ko'rsatkichlarni hisobga olish. 2.Jismoniy yuklamaning shiddatini, harakatlanishini maksimal tezlik bilan o'zaro bog'liqlikdagi me'yorlash. Z.Tanadagi maksimal energiya imkogniyatlardan kelib chikib yuklama shiddatini baholash. Sport fiziologiyasida jismoniy yuklama shiddatini ikki xil tabakalanishidan kuprok foydalaniladi. Birinchisi- jismoniy yuklamaning shiddatini kislarodga bo'lgan talab xajmi va sarflangan energiya bilan baholanadi. Ikkinchisi- jismoniy yuklamaning shiddati hamda diapazoni inson bajarayotgan mexanik ishlarning ko'rsatkichlariga bog'liq zonalarga ajratiladi. V.S.Farfel o'z ma'lumotlarida siklik xarakterdagi har xil sport turlarining harakatlarini tahlil qilib, masofani bosib utish tezligining qisqa vaqt bilan o'zaro bog'liqligi aniq qonuniyatlariga etibor bergan va bu tezlikni malum vaqtda ushlab turish mumkinligini isbotlagan. Ularni 4 ta vaqt zonasi orqali kursatib bergan: Birinchi zonaga rekordlar, qisqa vaqt -20-30 soniya ichida bajariladigan ishlar, ikkinchi zonaga esa diapozon vaqtidagi rekordlar 20-30 soniyadan 3-4 dakikagacha, uchinchi zonaga 5 dakikadan 30-40 dakika va undan yuqori vaqtda ko'rsatilgan xamma rekordlar kiradi. Ish bajarish vaqtida ishning shiddati, bajarilishi muddati sanab utilgan vaqt zonalarining biriga bog'liq bo'ladi. Nisbiy ish shiddatini nisbiy ravishda maksimal, submaksimal, katta va juda yuqori shiddatli deb baholash mezon sifatida kabul qilingan. Katta sportchilar organizmini tekshirganda ularning ishlash vaqtidagi fiziologik reaksiyasining har xil shiddat zonalarida va xar bir zonada uzoq muddat ishlashni taminlovchi omilni aniklashga urinib kurganlar. Sport fiziologiyasida V.S.Farfel tomonidan ishlab chiqilgan aniq va sodda turkum amaliyotga kengrok tarkaldi. Bundan tashqari, har xil harakat faoliyatlarida yuklamalarning bajarish chegarasi xam turlichadir. Yengil atletikadagi yugurishlarda o'rtacha tezlikni 20 soniya chegarasida ushlab turish mumkin. Shuning uchun xam berilgan shiddatda yuklamani chegaralangan vaqtda ushlab turish xamma yuklamalar uchun yagona bo'lishi mumkin emas. Bu esa ish kobilyatining birdan bir ta'rifidir. Lekin ko'rsatilgan chegara yuqori malakali sportchilar uchun ishlab chikarilgan. Mushak faoliyatining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.71 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.71 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga