Jome maschiti

Jome maschiti

O'quvchilarga / Pedagogika
Jome maschiti - rasmi

Material tavsifi

Jome' maschiti Umarxonning buyrug'iga binoan 1817-18-yilda yana o'sha joyga Machiti Jome'ni qurishadi. Mulla Olim Mahmud Hoji Tarixi Turkiston nomli asarida Jome'ning qurilishiga bag'ishlangan quyidagi ta'rixni keltiradi: Jahon egasi quyoshdek nurli Amir. Yaqin uzoqdagilarnio'zidan xursand qildi Uning davrida olimlar izzatli, Aziz kishilar esa narzu niyozga g'arq bo'lgan. Jome' masjidini tarxini tuzdilar, Exsoni farovon hukmdorning hukmi bilan. Farg'ona tarixi Isxaqxon Junaydillohoja o'g'li Ibratning Farg'ona tarixi nomli asarida quyidagi jumlalarni o'qiymiz: Umarxon asrida madrasa qilmoq, ilmga rivoj bermoq, shariat ahkomini joriy qilmoq rasm o'rninda bo'lib, xon o'zi boshlab Xoqanddagi Madrasai Jome'ni binosiga urinib, asosga tosh qo'ymoq bo'lgand aulamo va fuzalo, umarolarni akobiri viloyati Xo'qand jam bo'lganda asosga tosh quydirg'on kishiga balog'atdan buyon tarki mustaxab sodir bo'lmagan kishi bormu, tosh quyodir deganda, bu ulamo-fuzalolardan hech kim qodir bo'lmay, ojiz kelganda xon o'zi: Alhamdulilloh, man tarki mustaxab qilganim yo'q ekan!, deb asosga toshni o'zi qo'yganda, ulamoyi asr ittifoq ila jannatmakon laqabini bergan ekanlar. Bu jannotmakon asrinda ulamoyu talaba va ahli ilmlar rivojda bo'lib, shoutyat mo'tabar ekan Machitning o'zi uch tomondan to'siq xonaqolik ayvon bo'lib, 98 ta ustunga o'rnatilgan. Shu jumladan 10 tasi xonaqoning ichida. Ustunlarning ayrimlariga o'simliksimon o'ymakorlik nAQSHi solingan. Machitning uzunligi 100 metrga yaqin. Old tomonning markaziy qismida ozgina ko'tarilgan. Machitning shifti vassa juft usulida qurilgan, ayrim joylarida havzaklar bor. Xonaqoning oldidagi shift juda go'zal va nafis bezaqlangan Jome' machitining oldi qismida 1852-yilda pishgan g'ishtdan minora qurilgan. 1857-yili Xudoyorxonning farmoni bilanmachit ta'mirlangan . Bu haqda Mirzo Olim Toshkandiy o'zining Ansob ul- salotin va tavorixi al- havoqin nomli asarida bayon etadi: Va yana Masjidi Jome'ga zamoni Umarxon jannatmakon vaqtida bo'lib edi. Janob Xudoyorxon nomozi jumaga borg'onda ko'rdilarkim novgi futur ketib ekan. Daf'attan usto- najjorlarni jam aylab sohibi farosat muboshir va ishboshi qoyub jaddi- jihad qildilar. Ersa ikki yillik vaqfi husuli birla qadimdan ming daraja ziyodaroq itimomiga yetti. Sovet davrida ateizm targ'ibotining kuchayib kechishi natijasida Jome' machiti va madrasasi yopildi, hujralar buzib tashlandi, machit ayvoni g'isht bilan berkitilib ombor, ma'lum bir vaqtda chayqov bozori sifatida ham ishlatildi. Qo'qon aholisining talabiga muvofiq, Qo'qon shahar ijrokomi qarori bilan Jome' machiti 1982- yili yana qaytadan ta'mirlandi va avvalgi asl holiga keltirishga harakat qilindi. Ta'mirlash uchun zamonaviy tadqiqot qilinganda nAQSHlarning asli topildi va shunga muvofiq ular tiklandi. Ammo eng jiddiy va o'z vaqtida bajarilgan ish- bu machit ustunlari chirib ketgan past qismining qirqib tashlanib, o'rniga maxsus ishlangan toshlarni o'rnatish edi Ta'mirlash jarayoni tez sur'atlar bialn borayotganda tarixchi H. Bobobekov Qo'qonga kelgan edi. Kelganini eshitgan Qo'qon tarixi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.03 MB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.03 MB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga