Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon

Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon

O'quvchilarga / Pedagogika
Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon - rasmi

Material tavsifi

JONAJON O'zbekistonIM, MANGU BO'L OMON! 1991-yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e'lon qilindi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne'mat yo'q. 1991-yil 1-sentabr xalqimizning ma'naviy hayotida beqiyos o'rin egallagan har yili eng ulug', eng aziz bayram sifatida katta shodu hurramlik bilan nishonlanadigan qutlug' ayyomga aylandi. Shu kundan e'tiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 8-iyul O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risidagi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi tantanalari JONAJON O'zbekistonIM, MANGU BO'L OMON! shiori ostida o'tkazilishi ma'lum qilindi. O'zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo'l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to'qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo'yicha yangi zavodlar ishga tushirildi. . 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Jahon banki, Yevropatiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Har bir oila - tadbirkor, Yoshlar - kelajagimiz kabi dasturlar doirasida 2 trillion so'mga yaqin mablag' ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. Shavkat Mirziyoyev: Qurolli kuchlarimiz - mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatiga aylanmoqda Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo'lmadi. Unda alohida bo'lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag'ishlangan. U O'zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi. E'tiboringiz uchun rahmat! Targ'ibot ishlarini metodik ta'minlash bo'limi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.74 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.74 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga