Jurnalistika paydo bo'lishining asoslari Reja: a) Jurnalistikaning ilk ko'rinishlari b) «Jurnalistika» va «Publitsistika» o'rtasidagi ilk farqlar. v) Birinchi «Ensiklopediya»da jurnalistika haqida bildirilgan fikr. Yuqorida takidlaganimizdek, publitsistikaning ijtimoiy munosabat sifatida paydo bo'lishi inson jamiyati, shahar davlatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Ommani ishontirishga intilish, hamkorlikdagi (mehnat, harbiy, savdo, ho'jalik-iqtisodiy va h.k) harakatni tashkillashtirish kabilar og'zaki chiqish, nutq satatini rivojlantirishga turtki bo'lib xizmat qilgan. Jurnalistika o'zining ilk bosqichida bir muncha boshqa maqsadlarni nazarda tutgan. Bu yerda eng asosiysi jamiyatda, davlatlarda inson faoliyatining turli sohalaridagi iqtisodda, madaniyat da, siyosatda, san'atda, ilm-fandagi ishlarning ahvoli haqidagi axborotlarga bo'lgan ehtiyoj o'sa boshladi. XVII asrda yashagan faylasuf Sh.Monteske jurnalistika bilan birinchi shug'ullanganlar haqida bazi istehzo bilan shunday yozadi. «Ushbu xatda men sen bilan xabarchilar deb atalmish bir qavm haqida gaplashmoqchiman: ular o'zlarining bayramona kayfiyatini nishonlash uchun ajoyib bir bog'da to'planadilar. Ular ellik yil davomida gapirganlarida ham bundan mamlakatga hech qanday foydasi tegmaydi, aksincha ular shuncha vaqt jim turganlarida foydasi ko'proq bo'lardi. Lekin ular o'zlariga yuksak baho beradilar, chunki ular ulkan loyihalar haqida suhbatlashadilar va muhim narsalar haqida fikr almashadilar.» Xabarlarni tarqatish bo'yicha paydo bo'lgan faoliyatning ushbu yangi turi 15-16 asrda jurnalistika sifatida shakllana boshladi. Ushbu ilk bosqichlarda « Jurnalistika» va «Publitsistika» tushunchalarining farqi aniq sezilib turadi. Hozirgi paytda ularning to'liq qo'shilib ketganligi mazkur hodisalarning kelib chiqishini aralashtirib yubormasligi kerak. Publitsistik faoliyat og'zaki so'z san'atining rivojlanishi orqasidan va uning omma harakatini ijtimoiy-siyosiy boshqarish maqsadida foydalanishi tufayli shakllandi. Jurnalist kasbi esa ilk davrda texnik vositachi, xabar etkazuvchi, «aloqa kanali xodimi» sifatida xabarlarni tarqatuvchi vazifa shaklida paydo bo'lgan. Zamonaviy jurnalistlarning avlodlari choparlar va pochta xizmatlaridir. Ular xuddi birinchi xabar sotish markazlari kabi qo'llarida bo'lgan yangiliklar yordamida auditoriyani boshqarish vazifasini qo'ymagan edilar. Ilk bosqichlarda jurnalistik faoliya savdo mahsuloti sifatida rivojlanadi. Yangiliklar, xabarlar, bu o'ziga xos mahsulotlar hisoblangan. To'g'ri,. Mazkur ish bilan tarqatuvchilarning o'zlari ham uning o'ziga xos xususiyatini anglab ulgurmagan edilar. Ushbu «mahsulot»xaridorlarni boshida asosan ho'jalik, savdo, madaniy oqartuv maqsadidagi ehtiyojlariga xizmat qilib keldi, keyinchalik esa u siyosiy maqsadlarda faol foydalanila boshladi. «Publitsistikaning gneseologik muammalari» kitobi muallifi V.V. Uchenovaning takidlashicha yangiliklarni « tarqatuvchi»larning faollashuvi jamoatchilik tartibini saqlovchilar uchun katta havfga aylana boshlagan. Misol uchun 1572 yilda ularga qarshi poplar tomonidan ishlab chiqarilgan nizomlar nashr ettiriladi, unda uzatish uchun beriladigan xatlar yozish taqiq etilgan, uni buzuvchilar esa tosh ko'tarishga surgun qilingan. Yoki 1521 yilda katolik cherkovining mashhur arbobi Koxmus Frankfurtdan Rimga papa Aleksandrga jo'natgan xatida kuzgi ko'rgazmadagi kitob bozori popga qarshi varaqalar bilan to'lib ketganligini yozadi. Publitsist - notiq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: doc