Jurnallar va ko'ngilochar mahsulotlar

Jurnallar va ko'ngilochar mahsulotlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Jurnallar va ko'ngilochar mahsulotlar - rasmi

Material tavsifi

Jurnallar va ko'ngilochar mahsulotlar Reja: Jurnallar Jurnalchilik taraqqiyoti Ko'ngilochar mahsulotlar Tayyorladi Jurnal (fransuzcha: journal - kundalik daftar) - bosma Jurnallar davriy nashr. Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga ta'sir o'tkazish yo'li bilan uni shakllantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan g'oya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Inglizcha Magazine, fransuzcha Revue, nemischa Zei schrift, ispancha Relista so'zlari ham jurnal ma'nosini anglatadi. Jurnallar Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan jurnallar, odatda, haftada, o'n kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gaz.ga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yo'nalishiga ko'ra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va boshqalar. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga mo'ljallanadi. Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnallarda suhbat, publitsistik kuzatuv, ma'lum mavzuni sharhlovchi maqolalardan tashqari, reportajlar, she'rlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. So'nggi paytlarda ommaviy jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy san'at asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari va hoka'zolar tobora kengroq o'rin olmoqda. Haftalik, o'n kunlik jurnallarda chizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi Ilmiy jurnallarda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham e'lon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda jurnal mundarijasi va uning o'quvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy jurnallar - ijtimoiy-siyosiy va adabiybadiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va o'smirlar uchun mo'ljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi. Jurnalchilik taraqqiyoti. Jurnalchilik tarixi Fransiyada Jurnal de Savan (Olimlar jurnali), (Journal des scavans, keyinroq Journal des savants) jurnaldan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665-yilning 5-yanvarida bosmadan chiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi bo'yicha Yevropaning turli mamlakatlarida nashr qilingan kitoblar haqida ma'lumotlar bosilgan. Shuningdek, shu yili, Londonda Filosofishal tranzekshne of Royyal sosayenti (Qirollik jamiyatidagi falsafiy o'zgarishlar) jurnal nashr qilingan. Turli kitoblar sharhidan iborat bo'lgan bunday jurnallar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo bo'lgan, faqat mavzular doirasi tor bo'lganligi uchun bu jurnallar omma orasida keng tarqalmagan. Jurnalchilik Taraqqiyoti Jurnalchilik XIX asrning 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda jurnal targ'ibotining usul va vositalarida ham katta o'zga-rishlar yuz berdi. Jurnallar adadi uzluksiz o'sib bordi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jurnallarning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi o'rin egallay boshladi. 1960-yil oxirida AQSH da 9400, Angliyada 4600, Fransiyada 14600 (bu mamlakatda siyosiy gazetalardan tashqari, davriy nashrlarning hammasi jurnallar ro'yxatiga kiritiladi), GFRda 2200, Yaponiyada 5800 ga yaqin jurnal nashr qilingan. Ayrim mamlakatlarda (AQSH, Fransiya, Angliya) jurnallar kundalik gazetalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga