Mavzu:Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim tizimi UMUMIY QOIDALAR O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo'shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISH OMILLARI 1.1. RIVOJLANISHNING ERISHILGAN DARAJASI O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi va qator chora-tadbirlar ko'rishni: «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda «bolalar bog'chasi-maktab» majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompьyuter savodxonligi asoslarini o'rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o'quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. «Sog'lom avlod uchun», «Ma'naviyat va ma'rifat», «Iqtisodiy ta'lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ro'yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o'qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma'lumotlidir. Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
900.39 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
900.39 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: ppt