Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ilmiy asoslari Umum ta'lim maktabi bitiruvchisining shaxs modeli Oliy ta'limning birinchi bosqichi bitiruvchisi - bakalavrning shaxs modeli Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish masalalari Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. 1992 yilda qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi Qonun asosida Respublikamizda ta'lim-tarbiya, ilm-fanni rivojlantrishga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Shunday bo'lsada mazkur sohalarda mustabid tuzumdan meros bo'lib qolgan salbiy hodisalar to'la bartaraf etilmadi. Bu holat 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so'zlagan nutqida aniq ifodalab berildi. Milliy dastur tasodifiy, g'oyibdan paydo bo'lgani yo'q. U uzoq yillar mobaynida olib borilgan tayyorgarlikning natijasidir. O'zbekistonda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy dasturining muzmun-mohiyati va ahamiyatiga ko'ra bemisl ekani, uning zamonga mosligi va har qanday talabga javob berishidadir. U nafaqat hozirgi davrni, balki kelajakni ham o'zida chuqur ifodalagan qudratli strategik hujjatdir. 1997 yilda qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida jamiyatimizda ta'limni tubdan isloh qilish tadbirlari amalga oshirilmoqsa. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi - jamiyatimizning ta'lim, tarbiya (yurasidagi, hamda ishlab chiqarish, ilm-fan, iqtisodiyot va boshqa sohalari uchun zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassislarni shakllantirishning kelajakdagi strategiyalarini aniqlab beruvchi asosiy hujjatlardan biridir. Milliy Dasturda kadrlar tayyorlashning 1995 yilgacha bo'lgan holati atroflicha tahlil qilingan, mavjud kadrlar tayyorlash tizimining prinsipial kamchiliklari ochib ko'rsatilgan, zamonaviy psixologik, pedagogik, sosial va iqtisodiy yondashuvlar asosida ta'lim tizimini tubdan isloh qilish yo'llari aniqlangan. Yangi ta'lim tizimi kadrlar tayyorlashning barcha bosqichlarida ta'lim oluvchi shaxsining zamonaviy fuqarolik, huquqiy va demokratik jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar asosida shakllanishi, rivojlanishi va kamol topishiga qaratilgandir. Aynan shu sababli har bir talaba Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini chuqur, e'tibor bilan o'rganishi, hamda uning mohiyatini, prinsiplarini va asosiy holatlarini tushunishi zarur. Bu bilimlar har bir talabaga ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng va chuqur tushunishga yordam beradi, har bir talabani kasbiy xarakterdagi chuqur bilimlarni va ma'naviy, axloqiy, vatanparvarlik hamda sosial-psixologik xarakterdagi bilimlarni egallashga yo'naltiradi. Mazkur o'quv qo'llanma Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini ommaviy o'rganishda dam katta yordam berishi mumkin. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ilmiy asoslangan va puxta ishlangan, u davlatimiz siyosati va ijtimoiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Milliy dasturda ko'rsatilgan maqsad va vazifalarni bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarish mo'ljallangan. Dasturda belgilab. qo'yilganidek, birinchi bosqich - o'tish davri, 1997-2001 yillarda, ya'ni 4 yil davomida joriy etildi. Bu davrda yangi talablar darajasida umumta'lim maktablarini qayta qurish, uch yillik ta'lim - o'rta-maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash, Oliy ta'limning yo'nalishlari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
133.83 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
133.83 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: doc