Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish mexanizmlari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish mexanizmlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish mexanizmlari Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishga qaratilgan asosiy mexanizmlari Davlat ta'lim standartlari uzluksiz ta'limning barcha turlari Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida Respublika komissiyasi tashkil qilingan, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishga jalb qilingan turli vazirlik va mahkamalarning faoliyat va tadbirlarini boshqarib yo'naltirish; Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi holatlarini bosqichma-bosqich hayotga tadbiq qilishni tashkil qilish. Respublika komissiyasiga quyidagi vazifalar ham yuklatilgan: uzluksiz ta'lim turlari uchun Davlat ta'lim standartlariga qo'yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish; umumiy o'rta ta'lim uchun Davlat ta'lim standartlarini va boshqa zarur me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish; o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimlari uchun Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqish va akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari tarmog'ini shakllantirish va joylashtirish dasturini ishlab chiqish; har bir hududda kadrlarning demografik va geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari tomonidan umumiy o'rta ta'limga ega bo'lgan o'quvchilarni to'la qamrab olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ishlayotgan o'qituvchi va pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalarining samarali faoliyatini tashkil qilish va ta'minlash; Oliy ta'lim tizimini isloh qilish va bakalavr, magistrlar uchun Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish; ta'lim tizimini zamonaviy darslik va zarur didaktik ta'lim vositalari bilan ta'minlash; uzluksiz ta'lim tizimida xorijiy tillarni faol o'rganishga sharoitlar, lug'atlar va ma'lumotnomalar yaratish; ta'limning boshqaruv organlaridan mustaqil faoliyat yurituvchi ta'lim muassasalarini attestasiya va akkreditasiya qilish, kadrlar tayyorlash sifatini baholash va h.k. lar bo'yicha davlat xizmatlarini tashkil qilish; ta'limning axborot ta'minoti tizimini shakllantirish va rivojlantirish, jahon axborot tarmog'iga qo'shilish, ommaviy axborot vositalarida ta'lim masalalarini tashviqot qilish. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishga qaratilgan asosiy mexanizmlarni ko'rib chiqamiz. 1) Davlat ta'lim Standartlarini ishlab chiqish quyidagi vazirlik va idoralarda ishlab chiqildi: Xalq ta'limi vaziriligida maktabgacha ta'lim muassasalari, boshlang'ich ta'lim va umumiy o'rta ta'lim uchun ishlab chiqildi. Umumiy o'rta ta'lim uchun Davlat ta'lim Standartlari (qisqacha UO'T DTS) o'rta maktab bitiruvchisining garmonik rivojlanishi, bazaviy ilmiy va umummadaniy bilimlar orttirish, shaxsning ma'naviy-axloqiy sifatlari shakllanishi, mehnat ko'nikmalari hosil qilish va mustaqil ijodiy fikrlash va h.k. lar-ga qo'yiladigan talablar asosida ishlab chiqildi. O'rta-maxsus va kasb-hunar ta'limi Markazida - akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chiqildi. Mazkur o'quv muassasalari uchun Davlat ta'lim standartlari ikki-uchta o'zaro aloqador mutaxassislikga va yuqori kasbiy salohiyatta ega bo'lgan zamonaviy ishchi, xizmatchi, o'qituvchi shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qo'yiladigan talablar asosida ishlab chiqildi. Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligida - turli yo'nalish va mutaxassis-likdagi bakalavriat va magistraturalar uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.23 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.23 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga