Kadrlar tayyorlash milliy dasturini metodik ta'minlashda pedagogika fanining vazifalari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini metodik ta'minlashda pedagogika fanining vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini metodik ta'minlashda pedagogika fanining vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Rеjа: Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi-O'zbеkistоn tаrаqqiyotini hаl qiluvchi оmil sifаtidа. 2.Ta'lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish orqali barkamol shaxslarni shakllantirish metodikasi. 3. Ta'lim- tarbiya jarayonini milliylashtirish 4. Ta'lim- tarbiya jarayonini tabaqalashtirish orqali barkamol shaxslarni shakllantirish metodikasi. 5. Ta'lim- tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish orqali barkamol shaxslarni shakllantirish metodikasi. Jamiyatning hozirgi taraqqiyoti inson faoliyatining ma'naviy va moddiy sohalarida katta o'zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Bu shaxs omili, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati rolining ahamiyati ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Zero, shaxs intellektual qobiliyatini rivojlantirmay, uni ma'naviy-axloqiy tarbiyalamay, shuningdek, imkoniyatlarining yangi qirralarini to'la ro'yobga chiqarmay turib ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo'lmaydi. Jamiyat tomonidan shaxs imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratilar ekan, o'z navbatida shaxs qobiliyati, imkoniyatlari ana shu jamiyatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi. Ayni vaqtda shaxs qobiliyati, imkoniyatlarini rivojlantirish va uni yagona ijtimoiy maqsadga yo'naltirish o'ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. Mavjud sharoitda ta'lim tizimida 1) shaxsga yo'naltirilgan maqsadli ta'lim (ta'limiy jarayon shaxsning sub'ektiv tajribasiga tayangan holda olib boriladi); 2) amaliy-faoliyatli (shaxs ta'limiy faoliyatning faol sub'ekti hisoblanadi); 3) ta'limga insonparvarlik-shaxsiy (pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ijobiy Men kontseptsiyasini shakllantirish) kabi yondashuvlar yetakchi o'rin tutmoqda. Bunday yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi shaxs: - o'rganilayotgan muammo bo'yicha shaxsiy fikrlarini erkin bayon etish, ularni yangi muammolarni aniqlash va hal etishda qo'llay olish; - turli ijtimoiy guruhlarda muloqotga kirisha olish, turli soha va turli vaziyatlarda ziddiyatlarni mohirlik bilan hal qila bilish; - axloqi, intellekti, madaniy darajasini rivojlantirish yo'lida mustaqil izlanish va hokazolar Ushbu talablar O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g'oyalarida ham o'z ifodasini topgan bo'lib, ta'lim jarayonining ularga muvofiq tashkil etilishi ijtimoiy buyurtmaning muvaffaqiyatli bajarilishini ifodalaydi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim islohotlarining asosiy maqsadi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat ekanligi alohida ta'kidlab o'tilgan Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar risolasida ham erkin fuqarolik jamiyatini ma'naviy barkamol, mustahkam e'tiqodga ega shaxslargina bunyod eta olishiga urg'u berilib, yangilanayotgan jamiyatda sog'lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yuksak darajaga ko'tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga e'tiborni qaratish alohida dolzarblik ahamiyatga ega ekanligi aytiladi Yuqorida ilgari surilgan g'oyalarga tayangan holda shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim mazmunida quyidagi holatlar o'z aksini topishi lozim degan xulosaga kelindi: 1. Kadrlar tayyorlash borasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi, intellektual va ma'naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog'liq har tomonlama rivojlangan shaxsning kamol topishini nazarda tutadi. Bunda har bir yoshning ilm olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual rivojlanish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.91 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.91 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga