Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi - rasmi

Material tavsifi

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ning yaratilishi Reja Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning yaratilishi Mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov takidlaganidek, bilim va tarbiyaning sifati, o'quvchilar olayotgan ixtisos mutaxassisligi, shu bilan birga, tarbiyachi-o'qituvchilar malakasining pastligi bu bilim yurtlarining umuman bugungi kun talabiga javob bermasligi kabi muammolar «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ning yaratilishiga sabab buldi. Malumki, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofik holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribamizning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan, hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikni, ijtimoiy va siyosiy hayotda mustaqil ravishda muljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga kodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Shuningdek, mazkur dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni, xar tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta uzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedogogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Milliy Dasturda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish omillarida rivojlanishning erishilgan darajasiga alohida etibor qaratilgan, unda O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lining tanlanganligi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini qayta tashkil qilishni zarur qilib kuyganligi va xuddi shu urinda kator chora-tadbirlar ko'rishni yani: birinchidan, «ta'lim to'g'risida»gi qonunni joriy qilishni (1997 yilgi); ikkinchidan, yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; uchinchidan, o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni talab etayotganligidir. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari va «Bolalar bog'chasi maktab» majmui tarmogi rivojlanib bormokda. Bunda bolalarga chet tillar, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o'rgatuvchi 800 dan ortik guruh tashkil qilingan. Natijada yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o'quv yurtlari tarmogi rivojlanib bormokda edi va islohot arafasida esa 238 litsey va 136 gimnaziya faoliyat kursatmokda edi. «sog'lom avlod uchun», «ma'naviyat va ma'rifat», «iqtisodiy ta'lim», «qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ruyobga chikarila boshladi. Respublikamiz umumta'lim maktablarida esa 435 mingdan ortik o'qituvchi ishlamokda edi, ularning 73% oliy ma'lumotga ega edilar. mehnat bozorini, ayniqsa qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. islohot arafasida bu tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan kamrab olgan, 442 o'quv yurti, shu jumladan 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes maktab faoliyat kursatmokda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.83 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.83 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga