Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish Reja: 1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish 2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida ijtimoiy faol o'qituvchi shaxsini shakllantirish mexanizmi Yosh yigit-qizlarning ijtimoiy faolligi, ularni mamlakat hayotining barcha sohalarida to'laqonli ishtirokini o'rganish masalasi, birinchidan, yoshlarning ijtimoiy mavqeining bugungi holati, ikkinchidan, jamiyatning faol huquqli fuqarosi sifatida qobiliyat va imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va nihoyat uchinchidan, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash imkonini yaratadi. Mustaqillik sharoitida mamlakatimizda vujudga kelgan iqtisodiy-siyosiy va ma'naviy-mafkuraviy muhitning sog'lomlashuvi, milliy hayot tarzi va milliy fikrlash tarzining tiklanishi hozirning o'zida yoshlar hayotining turli sohalarida ijtimoiy ruhiyat, ijtimoiy maqsadlarning o'zgarishiga samarali ta'sir ko'rsatmoqda. Hayotiy muammolar, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotga kirib kelishi, jamiyat hayotiga faol aralashuvi faqat pedagog va psixologlarni emas, balki faylasuf, sotsiolog, aholishunos, huquqshunoslarni ham qiziqtirib keladi. Qadim zamonlardayoq bu muammolar insoniyatning buyuk mutafakkirlari etiborida bo'lib kelgan. Suqrot, Aflotun, Arastu, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Avloniy kabi qomusiy olimlar va ma'rifatparvarlarning, al-Buxoriy, Yassaviy, at-Termiziy, Bahouddin, NAQSHband kabi din arboblarining asarlarida ularga diqqat qaratilgan. Zigmund Freyd aytganidek, novatorlik, dinamika va energetik omillar harakat uyg'unligi, yani yangilikka intilish, insonning tadrijiy kamoloti, yetuklik evolyutsiyasi, xatti-harakatlarining faollashuvi insondagi uyg'onish jarayoni qanday kechayotganligini belgilaydi. Inson hayotda inert, mo'rt va karaxt yashab o'tishi, yani butunlay hech narsani anglamasligi yoki anglash oldi jarayonlarida bo'lishi yohud tom manodagi anglash holatlariga erishishi bilan farqlanadi. Ushbu xususiyatlarni aniqlash jamiyat a'zolarining faollik darajasi ko'lamini aniq-ravshan belgilashga yo'l ochadi. Ijtimoiy faollik kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg'ulari va xatti-harakatlarini jamlashga jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy voqelikning tegishli tomonlarini o'zgartirishga ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda «ijtimoiy faollik»-shaxsning har sohadan xabardorlik, komillik darajasini ko'rsatuvchi mezon, deyish mumkin. Ijtimoiy faolikka intilib yashashning o'zi g'oya hisoblanadi. Uning mazmunini esa jamiyat ma'naviy yuksalishini ta'minlaydigan bilim, odob axloq, istedod, qobiliyat, ijobiy ko'nikma va malakalar, bular asosida shakllangan dunyoqarashlar majmui tashkil etadi. Yoki aniqroq aytsak, ijtimoiy faollik shaxs ma'naviyatini kamolot sari etaklovchi, barcha ijobiy mazmunga ega sifatlarni o'zida mujassam etgan, ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashga xizmat qiladigan g'oyalar majmuidan iborat. Bo'lajak o'qituvchining ijtimoiy faolligi shaxs sifati bo'lib, jamiyat ravnaqi yo'lidagi g'oyaviy, siyosiy, kasbiy-madaniy va fuqarolik mas'uliyatining qonuniy ifodasidir. har bir bo'lajak o'qituvchi o'z faniga oid ilmiy bilimlarni egallash bilan bir qatorda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini, mamlakatda yuz berayotgan o'zgarishlarni anglab etishi, g'oyaviy jihatdan qurollangan bo'lishi ham talab etiladi. Talaba-yoshlarni O'zbekiston prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan ijtimoiy faol va raqobatbardosh, kadrlar tayyorlashga oid nazariy g'oyalar, sharq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.2 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.2 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: doc