Kadrlar tayyorlash milliy modeli va o'qituvchilar kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolari

Kadrlar tayyorlash milliy modeli va o'qituvchilar kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kadrlar tayyorlash milliy modeli va o'qituvchilar kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Kadrlar tayyorlash milliy modeli va OUYu o'qituvchilari kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy islohotlar mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadi - bozor iqtisodiyotiga tulik utish, fuqarolik jamiyati ko'rish va xalqaro hamjamiyatning teng huquqli azosi bo'lishga ijtimoiy yo'naltirilgan kuchli demokratik davlat barpo etish uchun zamin yaratmokda. Respublika Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va rahbarligi ostida tayyorlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shubxasiz, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra fakat ta'lim-tarbiya tizimini, kadrlar tayyolash jarayonlarini isloh qilish bilangina chegaralanib kolmasdan davlatimizning kelajagidagi ravnaki uchun ulugvor ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Milliy dasturning asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy-siyosiy hayotda faol mavkeini egallaydigan, ijtimoiy jarayonlarga ongli ravishda ta'sir kursatadigan, oilasi va mamlakati oldida javobgarlikni his etadigan, mustaqil faoliyat kursatadigan, erkin fikrlaydigan Shaxsni shakllantirishdir. Bu maqsadga erishish uchun kadrlar tayyorlash tizimini xar bir bosqichida shaxs imkoniyatlarining namoyon etilishi, uning xar tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishini ta'minlaydigan zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimi joriy etildi. Uzluksiz ta'limni amaliyotga tadbiq etishni pirovard natijada erkin Shaxsni shakllantirish imkoniyatini yaratadi. boshqacha so'z bilan ifodalaganda, inson o'z maqsadlarini amalga oshirishda boshqalar erkinligiga daxl kilmagan holat darajasida erkin faoliyat kursatadi, shu bilan birga xar bir fuqaro qonun oldida javobgarlikni his etish, jamiyatning boshqa a'zolari bilan axloqiy munosabatda bo'lishga majburdir. Umuman, Milliy dastur asosini tashkil etgan uzluksiz ta'limning tub mohiyati insonning ongli ravishda, aniq yo'naltirilgan holda faoliyat kursatuvchi shaxs sifatida shakllanishini ta'minlaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yadrosini kadrlar tayyorlash milliy modeli tashkil etishni alohida etirof etmok lozim. Yurtboshimiz tomonidan taklif etilgan kadrlar tayyorlashning tubdan yangi, noyob, jahon tajribasida mavjud bo'lmagan ushbu modeli bugungi kunda xakli ravishda «Islom Karimov modeli» nomi bilan dunyoga mashxur buldi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining farqli xususiyatlari shundaki, u uzida quyidagi asosiy komponentlarini mujassamlashtiradi: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan ishlab chiqarish. Model mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy vokelik sifatida o'z mazmuni va tuzilmasi jihatdan dunyo amaliyotida uchramaydigan yaxlit tizim hisoblanadi, tarkibiy qismlari esa o'zaro harakatda, to'g'ri va teskari aloqalarda bo'lishi shaxs rivojini ta'minlashga xizmat qiladi. Biz bu yerda fakat modelni shaxs va uzluksiz ta'lim komponentlari to'g'risida batafsilrok tuxtalishni joiz deb topdik, chunki aynan shular kadrlar malakasini oshirishga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqishga imkon beradi. O'xud shaxs uzluksiz malakani oshirish davomida o'z kobilyatlarini tularok rivojlantirib boradi va jamiyatning yangi talablariga moslashib oladi. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimi va milliy ta'lim modelining subyekti va obyekti sifatida asosiy tarkibiy kism hisoblanadi. Xar bir inson shaxs darajasiga uzluksiz ta'lim tizimi, ijtimoiy tarbiya yordamidagina kutarilishi mumkin. Shu boisdan kadrlar tayyorlash borasidagi davlat siyosati erkin shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim orqali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.82 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.82 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga