Kadrlar tayyorlash milliy modeli, o'qituvchi va uning jamiyatdagi o'rni

Kadrlar tayyorlash milliy modeli, o'qituvchi va uning jamiyatdagi o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Kadrlar tayyorlash milliy modeli, o'qituvchi va uning jamiyatdagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Kadrlar tayyorlash milliy modeli, o'qituvchi va uning jamiyatdagi o'rni R Ye J A: Kadralar tayyorlash Milliy dasturi va uning mohiyati. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning o'ziga xos xususiyatlari. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga tatbik etish ishining ahamiyati. o'qituvchi va uning shaxsiga qo'yiladigan talablar. TAYaNCh TUShUNChALAR: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, kadrlar tayyorlash milliy modeli, kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari, Portlash effekti, o'qituvchi, o'quvchi shaxsiga kuyilayotgan talablar. 1. O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni kulga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Tatalitar boshqaruv usuli asosida ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida xam sunggi un yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni xal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida xam jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi san- harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk. ta'lim to'g'risidagi qonuni kabul kilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta'lim tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalar, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. 1997 yil yanvar oyiga kelib, ta'lim to'g'risidagi qonun va unda ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tadbiqi, mavjud ahvol, yutuk, va kamchiliklar tahlil etildi. o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat urinlarda chuqur ilmiy asosga ega bo'lmaganligi malum buldi. Shu bois O'zbekiston Respulikasi Prezidentining maxsus farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi qonunning yangi taxriri hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ishlab chikuvchi maxsus komissiya tarkibi tayinlandi. 1997 yilning iyul oyida xar ikki me'yoriy hujjat mazmuni urganib chikmi umumxalq etiboriga havola etidi. Muxokama jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar masul komissiya tomonidan urganildi. Umumxalq muxokamasidan o'tkazilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida kabul kilindi. Xush, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi nima? Unda qanday g'oyalar ifoda etilgan? O'zbekiston Respublikasi istiqlolini ta'lim muassasalari xalq xo'jaligining turli sohalari uchun tayyorlangan kadrlarning kasbiy tayyorgarligi, aqliy salohiyati hamda ijodiy qobiliyati belgilaydi degan g'oya Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining yaratilishi uchun asos buldi. Mazkur hujjat Respublika ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar mazmunini ochib beruvchi muhim hujjatdir. Unda ta'limiy islohatlarning asosiy maqsadi - inson uning xar tomonlama uygun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishning sharoitini va ta'sirchan mexanizmlarni yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk atvorning andozalarini uzgartirishdan iborat ekanligi kayd etib utildi. 1992 yilda O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni kabul kilingandan buyon utgan davr mobaynida yangi o'quv rejalari, dasturlari, darslik va qo'llanmalar yaratildi, zamonaviy didaktik talablar ta'lim tashkil etish yo'llari metod va vositalarni aniqlash o'quv yurtlarini attestatsiya o'tkazish va akkreditatsiyalash ishlari amalga oshirildi. Mazkur davrda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.4 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.4 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga