Kadrlar tayyorlash milliy modeli. hozirgi davrda o'qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o'rni Reja: 1. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. 2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni kulga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida xam sunggi un yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni xal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida xam jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi sai-harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk «ta'lim to'g'risida»gi qonuni kabul kilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta'limi tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. Birok, 1997 yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda bu borada muayyan kamchiliklarga yul qo'yilganligi aniklandi. o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat urinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi malum buldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi taxrirdagi O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabul kilindi. Xar qanday mamlakatning kuchi uning fuqarolarining ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. fuqarolarning ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta'lim tizimining mazmuni, shaxsning xar tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda karor topgan ijtimoiy sog'lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e'tiqodlari asosida shakllantiriladi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar tula urganildi. Milliy dastur asosini O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlay oladigan, uni jahonning ilg'or mamlakatlari darajasiga kutarilishiga xissa kushuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi. Xush, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g'oyalar ifoda etilgan? «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonunining qoidalariga muvofik, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda muljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga kodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan kolgan mafkuraviy qarash va sarkitlardan tula xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.56 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.56 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: doc