Kadrlar tayyorlashning milliy modeli, tarbiyachi va unga qo'yilgan hozirgi zamon talablari

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli, tarbiyachi va unga qo'yilgan hozirgi zamon talablari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli, tarbiyachi va unga qo'yilgan hozirgi zamon talablari - rasmi

Material tavsifi

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli tarbiyachi va unga qо'yilgan hozirgi zamon talablari Reja: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi va zaruriyati. Milliy dasturning maqsadi va vazifasi uni amalga oshirish boskichlari. Kadrlar tayerlashning milliy modeli. Milliy modelning tarkibiy qismlari va uning ahamiyati. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», milliy dasturning maqsadi va vazifasi, kadrlar tayyorlash milliy modeli, kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari, tarbiyachi - pedagoglar oldiga qо'yilgan talablar. Mustaqil Rospublikamiz uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash xayotiy muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy farovonligi fuqarolarning aqliy va axloqiy salohiyati hamda ularning ma'naviy darajada yuksak rivojlanishiga bogliq. Darhaqiqat, jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yо'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qо'shilishini ta'minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni yetuk va malakali kadrlarsiz hal etib bо'lmaydi. Shu bois Respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va vazifasi inson va uning har tomonlama usib ulg'ayishi, kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini rо'yobga chiqarishning sharoitlarini va ularning ijtimoiy xulq atvorning andozalarini о'zgartirishga qaratiladi. Shuningdek, xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar, iqtisodiyot yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish masalasiga xam keng e'tibor qaratilmokda. Ayniqsa, О'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning о'ziga xos yо'lini tanladi va kadrlar tayyorlash masalasiga aloxida ahamiyat karatildi. Bu borada xam qator chora - tadbirlar kо'rildi va amalda qо'llanildi. Ma'lumki, 1992 yil iyul oyida Mustaqil О'zbekistonning ilk «Talim tо'grisidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta'lim tizimi uning asosiy yunalishlari, maqsad vazifalari, ta'lim boskichlari va ularning mohiyati kabi masalalar о'z ifodasini topdi. 1997 yil yanvar oyiga kelib, «Ta'lim» tо'grisidagi qonun va unda ilgari surilgan goyalarning amaliyotga tatbiqi, mavjud ahvol, yutuq va kamchiliklar о'rganildi va tahlil etildi. О'tkazilgan tahlil natijalariga kо'ra ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aksariyat о'rinlarda chuqur ilmiy asosga ega bо'lmaganligi ma'lum bо'ldi. Shu bois О'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoniga asosan О'zbekiston Respublikasi «Ta'lim tо'g'rigida»gi qonunning yangi tahriri hamda «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturini ishlab chikuvchi maxsus komissiya tarkibi tayinlandi. 1997 yilning iyul oyida xar ikki meyoriy hujjat mazmuni о'rganib chiqildi va umumxalq e'tiboriga havola etildi. Umumxalq muhokamasidan о'tgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» О'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim tо'g'risida»gi О'zbekiston Rospublikasi qonuni talablariga muvofiq holda tayyorlangan bо'lib, milliy tarbiyani, ta'lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy siyosiy hayotga mustaqil ravishda mо'ljalni tо'tri ola bilish qobiliyatiga ega bо'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.47 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.47 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga