Kafedrada bajariladigan diplom loyixalarining mavzulari tarkibi ularga quyiladigan talabalar va ularni rasmiylashtirish Reja: Kafedrada bajariladigan diplom loyixalari. Diplom loyihalarning tarkibi. Diplom loyihalarga quyilgan talablar va ularni rasmiylashtirish. Tayanch tushunchalar: diplom loiha, diplom mavzular, diplom ishlarining mavzusi, rasmiylashtirish. Maxsus kurs pedagogika fanining sohasi hisoblanib, ta'lim berish qonuniyatlarini o'rgatadi. Maxsus kurs - мутахассисlik fanlar boyicha ta'lim berishda maqsad, mazmun, metod, shakl, vositalarni qo'llashni o'rgatadi. Maxsus kurs o'qitish metodikasining asosiy vazifalari: ta'lim jarayoni elementlari tizimining bog'liqligini o'rgatish; o'quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga ongli munosabatni tarkib topishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish yo'llarini o'rgatish; ta'lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tashkil etishni o'rgatish. KIRISH O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni xamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'kidlanganidek, mamlakatimizda ikki boskichli (bakalavriyat, magistratura) oliy ta'lim tizimi joriy etilgan. Bakalavriyat taxsili to'rt yildan iborat bo'lib, u Davlat attestatsiyasini topshirish, xamda diplom loyixasini himoyasi bilan nihoyasiga yetadi. Shuning uchun xam O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligining 2008 yil 31 iyuldagi №16286 sonli qarori e'lon kilinib, unda Oliy ta'lim muassasalarida diplom loyixasini tayyorlash va himoya kilish Nizomi ishlab chikildi. Ushbu qarorda xar bir oliy o'quv yurti, jumladan, xar bir fakultet bakalavrlar tayyorlaydigan yo'nalishlar xususiyatlaridan kelib chikib, aniq, metodik tavsiyalar yaratish zarurligi kayd kilingan. 5140900 Kasb ta'limi (Bino va inshootlar qurilishi, Amaliy va tasviriy san'at yunalishlarida ta'lim olayotgan talabalar bajaradigan diplom loyixalari mazmunini kasb-xunar ta'limi amaliyoti extiyojlari bilan muvofiqligini ta'minlash maqsadga muvofikdir. Mutaxassis-pedagok kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishda kasb-hunar kollejlarida qulay psixologik-pedagogik muhit yarata olishga ham nazariy, ham amaliy jixatdan tayyor bo'lishini ta'minlash maqsadida, diplom loyihalar mavzusi, talabaning mavzu yuzasidan dastlabki kasbiy pedagogik tadqiqotlar o'tkaza olish mahoratini shakllantirish katta axamiyatga ega. Bo'lajak mutaxassis pedagog (bakalavr) faqat tanlangan ixtisoslik doirasidagina emas, rahbar, tashkilotchi sifatida ham zarur bo'lgan sifatlarni, umumkasbiy fanlari bo'yicha ham diplom loyixasini bajarish jarayonida shakllantiriladi. Shuning uchun tegishli o'quv rejasida umumkasbiy va maxsus fanlar bo'yicha diplom loyihalarini bajarish va shu munosabat bilan diplom loyiha mavzusi, uni bajarish xaqidagi tavsiyalar yaratish eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Diplom loyixasi tushunchasi Diplom loyihasi tushunchasi talabalar bilimini yakuniy davlat attestasiyasidan o'tkazishning asosiy shakllaridan biri bo'lib, u so'nggi to'rtinchi boskichda bajariladi . Diplom loyihasi talabalarning barcha fanlar bo'yicha olgan nazariy bilimlar va pedagogik faoliyatga oid egallangan amaliy ko'nikmalarining o'zaro uyg'unligini o'ziga mujassamlashtirgan ijodiy ilmiy ishdir. Kasbiy ta'lim Bino va inshootlar qurilishi, Amaliy va tasviriy san'at yo'nalishidagi diplom loyihalar kasb va o'qitish metodikasi bo'yicha bajariladi. Diplom loyihasining maqsad va vazifalari Diplom loyihasini bajarib uni himoya kilish talaba uchun eng so'nggi mas'uliyatli boskich bo'lib hisoblanadi. Diplom loyihasini bajarishdan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: doc