Kapitalni va moliyaviy ta'minot jarayonini boshqarish Reja: Korxona faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash O'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash va o'z-o'zini moliyalashtirish Korxonalar faoliyatini moliyalashtirish ichki va tashqi manbalari xususiyatlari Kapital tarkibi va uni optimallashtirish. Korxona joriy moliyaviy resurslarining shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari Kreditorlik qarzlari va ularni boshqarish Faktoring va trast operatsiyalarini boshqarish Lizing operatsiyalari. Moliyaviy lizing Korxona faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash Korxonalar raqobatbardoshligiga ularning moliyaviy resurslarining harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy resurslarni tashkil etish va boshqarish mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy imkoniyatlarni boshqarish usullari va ko'rsatmalaridan, shu jumladan moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, tahminlar tuzish va rejalashtirish hamda moliyaviy tahlillardan foydalanishni talab etadi. Moliyaviy resurslar har bir korxonaning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta'minlash hamda maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun pul jamg'armalari va boshqa moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish korxonaning moliyaviy munosabatlari orqali ta'minlanadi. Korxonaning moliyaviy faoliyati pul fondlarini tashkil etish va foydalanishda ifodalanadi. Bu pul fondlari korxona xo'jalik faoliyatini olib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot jarayonini moliyalashtirish, iqtisodiy rag'batlantirish, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, byudjet va bank bilan hisob-kitoblarda ishga solinadi. Korxona moliya resurslari - bu pul daromadlari va mablag'larning tushumi bo'lib, xo'jalik subyektining har xil moliyaviy majburiyatlarini bajarish, xarajatlarni moliyalash va iqtisodiy rag'batlantirish ishlarini olib borish uchun manbadir. Korxona pul fondlarini tashkil etilishida quyidagi jihatlar mavjud: 1. Korxonaning o'z mablag'larini shakllantirish: ustav kapitali; qo'shilgan kapital; rezerv kapitali; jamg'armalar fondi; maqsadli moliyaviy mablag'lar tushishi; boshqalar. 2. Qarz mablag'lari shakllanishi: bank kreditlari; zayomlar; tijorat krediti; faktoring; lizing; kreditlar va boshqalar. 3. Qarz shakliga ega bo'lmagan holda mablag'lar jalb etilishi: iste'mol fondi uchun ajratilgan mablag'lar; to'lanmay turgan dividendlar; kelgusi davr daromadlari; - hisob-kitoblarni va to'lovlarni olib borish jarayonidagi daromad. 4. Operativ ravishda pul fondlari ishlatilishi: ish haqi to'lovlari; dividendlarni to'lanishi; byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga to'lovlari; kredit va qarzlar qaytarilishi; boshqalar. 5. Korxona moliyaviy resurslarini maqsadli ravishda yo'naltirish: aylanma mablag'larni shakllantirish; investitsion faoliyat; - valyuta jamg'armalari va boshqalarni shakllantirish. Korxona faoliyatining keyingi yillarida ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun o'z mablag'laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo, bunda korxona joriy ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashdan tashqari ma'lum miqdorda foyda olishga ham erishmog'i lozim. Dastlabki yillarda korxonalar o'z quvvatlari va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida foydaning aksariyat qismini ishlab chiqarishga qayta moliyalashtirishga harakat qiladilar. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 199 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
90.19 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
90.19 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: doc