Kasb - amaliy jismoniy tayyorgarlik Reja: Mehnat faoliyati tartibida jismoniy tarbiya. gigiyenik gimnastika. Jismoniy tarbiya pauzasi. Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi. Qishloq mehnatkashlari mehnat rejimidagi jismoniy tarbiyaning xususiyatlari Ishdan keyingi tiklanishga yo'naltirilgan jismoniy tarbiya Mehnat faoliyati tartibida jismoniy tarbiya Ijtimoiy tadqiqotlar sport bilan shug'ullanuvchilarning mehnat unumdorligi sport bilan shug'ullanmaydigan shaxslarning mehnat unumdorligidan 3-8% ga yuqori ekanligini ko'rsatadi. Butun mamlakat miqyosida shuning o'zi katta iqtisodiy foyda beradi. Bevosita mehnat tartibida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sakkiz soatli ish kuni ancha sezilarli charchashga olib keladi, shu sababli ish kuni davomida kuchni saqlash uchun mehnat va faol dam olishni optimal navbatlash tartibini yaratish kerak. Faoliyatning bir turidan boshqasiga yoki jismoniy mashqlarni bajarishga o'tish charchagan organizmning tiklanishiga qulay imkoniyat yaratadi. Mehnat tartibiga u yoki bu jismoniy tarbiya turini kiritish ish qobiliyati dinamikasiga bog'liq holda aniqlanadi. Insonning ish qobiliyati ish kuni davomida tebranib (o'zgarib) turadi. Dastlab u past (ishga kirishish davri) bo'ladi, keyin ko'tariladi va yuqori darajada (mustahkam ish qobiliyati davri) saqlanadi, undan keyin yana pasayadi (kompensatsiyalangan charchash davri). Bunday o'zgarish bir ish kuni davomida ikki marta - tushlik tanaffusgacha va undan keyin takrorlanadi. Ba'zan ish kunining oxirida ish qobiliyatining bir oz ortishi kuzatiladi (1- chizma). 1-chizma Ish qobiliyati fazalarining ketma-ketligi ish kuni davomida turli shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. Bunday sharoitlarga quyidagi tashqi omillar: ishlab chiqarish faoliyati xususiyati, ma'naviy-ruhiy yuklama, gigiyenik shart-sharoitlar, ishchining malakasi va mahorati, jinsi, ish staji va organizmining jismoniy holati kiradi. Ichki omillar, birinchi navbatda, organizmning turli organlari va tizimlarining holatini o'z ichiga oladi. Ish kuni davomida ish qobiliyati o'zgarishining (ko'rsatilgan tipik variantdan tashqari) quyidagi beshta asosiy variantlari o'zaro farqlanadi: yengil jismoniy yuklama bilan, konveyerda - uning optimal tezligida ishlaganda ish qobiliyatini doimo oshira borish; kunning birinchi yarmida ish qobiliyatini oshirish, keyinchalik yuqori darajada nisbatan stabillik va asta-sekinlik bilan pasaytirish; bunday vaziyat murakkab boshqaruv pultida xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga xos; kunning birinchi yarmida va tushlikdan keyin ham charchashning nisbatan tez o'sib borishi; bunday vaziyat jismoniy mehnat bilan shug'ullanganlarda kuzatiladi; tezkorlik bilan yuqori ish qobiliyatiga erishish, keyin uning pasayishi va ish kunining qolgan qismida past darajada saqlanishi; bunday vaziyat ishchining kuchaytirilgan diqqat-e'tibori hamda qo'llar bilan tez va aniq harakatlar qilishi jarayonida, o'ta yuqori jismoniy kuchlanish bilan ishlaganida vujudga keladi; ish kunining deyarli boshida birdaniga ish qobiliyatining keskin pasayishi; bunday hol o'z mazmuniga ko'ra murakkab ishdagilarga yoki oddiy, biroq tezkor tempda ishlaydiganlarga xos. Biroq ishlab chiqarishning aniq bo'limida ish qobiliyatini optimallashtirish vositalarini tanlashda uning faqat ish smenasi davomida emas, balki sutka ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.67 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.67 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:10 ]
Arxiv ichida: docx